B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet180/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ROMANTIZM San’at va adabiyotdagi ijodiy metodlardan biri bo‘lib, u hayot­ning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash tamoyiliga asoslanadi. Romantizm mavjud voqelikdan qoniqmaslik tufayli ma’rifatchilikka xos olam (odam va jamiyat)ni aql bilan raso holatga keltirish g‘oyasiga ishonchning barbod bo‘lishi o‘laroq yuzaga kelgan bo‘lib, “reallikdan qochish”ga, real olamdan ko‘ra mukammalroq olam yaratishga intiladi.
RUBOIY (ar. to‘rtlik) Sharq mumtoz she’riyatida keng tarqalgan lirik janr, hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yozilib, ko‘proq a-a-b-a tarzida qofiyalanuv­chi to‘rt misrali mustaqil lirik asar:
Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir.
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa jazo topqusidir. (Bobur)


S


SANAMA o’yinboshi badihalari bo‘lib, asosiy vazifasi-o‘yin boshlanishi oldidan uni boshlab beruvchini, navbatda turuvchini aniqlash, biror bola galini ayinlashdan iborat, muqaddimaviy qism. Unda raqamlarni «poetik raqsga tushirish», so‘z yoki so‘qma (ma’nosiz) so‘zni raqam o‘rniga qo‘llab, sanash intonatsiyasida qo‘llash asosida ritmik o‘ynoqilikka erishish negizida amalga oshiriladi. Sanamalardagi sanash ohangi qo‘l yoki oyoq harakatlari bilan to‘ldirilib, tasdiqlanib turiladi.:
Bir, ikki,.. o‘n ikki,
O‘n ikki deb kim aytdi?
O‘n ikki deb men aytdim,
Ishonmasang, sanab boq:
Yoki,
Qovun palak Chuvak qovun
Guvak otdi. Shirin ekan.
Guvak emas, Safdan chiqsin
Chuvak otdi. Qo’lim tekkan!


SAJ’ (ar. bulbul, to‘ti, qumri kabi qushlar ovozining uyg‘unlashib ketishi, o‘lchovli) Mumtoz adabiyotdagi lafziy san’at, bir yoki bir necha gapdagi ayrim bo‘laklarning yo vaznda, yo qofiyada, yo har ikkalasida mos kelishi. Saj’ni nasrga xos deb bilish, uni qofiyali nasr sifatida tushunish kengroq ommalashgan. Saj’ning ildizlari turkiy xalqlar folkloriga borib taqaladi. Xalq dostonlari, ertak va maqollarda saj’dan keng foydalaniladi. Jumladan ertaklarning boshlanmasi saj’ usulida bayon etiladi: Bor ekan-da yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Toshbaqa tarozibon ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan. Bu bosh­lanmada ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro qofiyadosh bo‘lib, saj’ni vujudga kel­tirgan.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling