TAQVIMIY QO‘SHIQLAR yil fasllari-bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog‘liq bunday qo‘shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko’ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo’qotgan yo tamoman so’nib ketgan, yo transformatsiyaga uchrab bolalar repertuaridagina saqlanib qolgan. «Boychechak», «Yo ramazon» va hayitliklar shular sirasiga kiradi. «Boychechak»-bolalarning mavsumiy marosim qo’shig’i. Bolalar Navro’z elchisi sifatida erta bahorda dala-tuzda boychechakni ko’rishlari bilanoq, undan guldastalar yasaganlar, tolxivichlarga shodalab bog’lab, gulchambar qilib boshlariga kiyganlar. So’ngra hovlima-hovli yurib. «Boychechak» qo’shig’ini kuylab turib, uni ulashganlar va bahor kelgani bilan ota-onalarini qutlaganlar. Bolalarning biri yakkaxon (solo) sifatida to’rtliklarni kuylasa, qolganlari uning naqarotini xor bo’lib ijro etganlar:
Boychechagim boylandi,
Qozon to’la ayrondi (r).
Ayroningdan bermasang,
Qozonlaring vayrondi(r).
Qattiq erdan qazlab chiqqan boychechak,
Yumshoq erdan yumalab chiqqan boychechak.
Qo’shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg’a-salomlar berishgan. Bolalar bularni o’zaro bo’lishib olgan,
TA’RIX (ar. oʻtmish) Muhim tarixiy sanalar (ulugʻ kishilarning tavallud va vafot yillari, muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarning yuz berish, asarning yozilish, binoning qurilish vaqti va sh. k.)ni abjad hisobi yordamida qayd etish. Sharq mumtoz adabiyotida tarix odatda she’riy yoʻl bilan, koʻproq bayt ichida qayd etilgan. Masalan, Mavlono Darveshalining Alisher Navoiy vafotiga bagʻishlangan tarixi quyidagicha edi:
Dar motami on qidvai arbobi vusul,
Abnoyi zamon shohu gado gashti malul.
Hijrat ba rasul kard on sayyidi qavm,
Tarixi vafoti ust “Hijrat ba rasul”.
Tarjimasi: U haqqa yetishganlar peshvosi motami bilan shohdan tortib gadogacha, barcha odamlar qayg‘uga cho‘mdi. U qavm sayyidi payg‘ambar oldiga hijrat qildi. Shuning uchun “hijrat ba rasul” vafoti tarixi bo‘ldi.
She’rdagi “hijrat ba rasul” so‘zlarini arab alifbosida yozib, undagi harflar ifodalagan sonlarni aniqlab qo‘shib chiqsak, 906 raqami (Navoiy 906-hijriyda vafot etgan) hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |