B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet190/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TOTEMISTIK Totemizmga doir. Totemistik e’tiqod qoldiqlari bolalarning hasharotlarga munosabati ifodalangan hukmlagichlarda ravshanroq ko’rinadi. Chunonchi, bolalar orasida beshiktervatni ko’rganda uning vositasida fol ochish an’anasi mavjud:
Beshiktervat, beshiktervat,
Salima xolam nima tug’adi?
Tillaqo’ng’iz, kaltakesak, chumolixo’r arslon, ilonga ham shu xildagi murojaat tarzida to’qilgan hukmlagichlarda totemistik qarashlar saqlangan. Qarg’a, musicha, to’rg’ay, bedana, qaldirg’och, laylak va boshqa qushlarga oid hukmlagichlarning ma’lum qismida totemizm ta’siri bir qadar sezilsa-da, taqlidiy so’zlar faolligida to’qilgan aksar namunalarida bu ta’sir, asosan, so’ngan.
TOTEMIZM (Shim. Amerika indeetslarining ojibve qabilasi tilidagi “ototem” – "uning urug‘i” so‘zidan) Ibtidoiy diniy e’tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma’lum guruhi bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari (ba’zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan e’tiqodga asoslanadi. Hayvonlar, o‘simliklar, jonsiz predmetlar totem hisob­langan. Totemlar (ko‘pincha hayvonlar) ov qilinmagan, o‘ldirilmagan, goʻshti yeyil­magan, ular goʻyo kishilarning qudratli himoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini qarindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir qabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan.
TRAGEDIYA (yun. tragoidia – echki qo‘shig‘i) Dramatik tur janrlaridan biri. Tragediya qahramonlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi; undagi qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi. Tragediyada voqelik ancha jiddiy, ichki qaramaqarshiliklar oʻtkir tarzda tasvirlanadi; konflikt shiddatli va keskin tuye oladi. Tragediya badiiy gʻoyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo konfliktning kuchliligi bilan oʻziga xoslik kasb etadi. Tragediya nin g janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. Tragediya jahon adabiyoti tarixida mavjud barcha ijodiy metodlarda janr sifatida oʻz mohiyatini sakdab qoldi; ayni chogʻda yangidanyangi imkoniyatlari yuzaga chiqdi. Garchand Tragediyada kaxramonlarning takdiri fojia bilan yakun topsa ham, ushbu mohiyatida Tragediya optimistik pafos, adolat va haqiqatning qaror topishi, yuksak insoniy tuygʻularning maromiga yetkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi.Gʻarbda tragediya uygʻonish va undan keyingi asrlarda ham rivoj topdi. Xusu­san, Lope de Vega, Kalderoy (Ispaniya), V. Shekspir (Angliya), L. Korpel, J. Ra­sin, Volter (Fransiya), F. Shiller, I. V. Gyote (Germaniya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi ijodkorlar ijodida tragediya janrlari oʻzining yuksak imkoni­yat­larini namoyon qildi. Oʻzbek ada­biyotida esa tragediyaning goʻzal namu­na­lari Fitrat (“Adul­fayzxon»), M. Shayx­zoda (“Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulugʻbek”)lar tomo­nidan yara­tildi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling