B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- UYDIRMA
USLUB, yozuvchi uslubi (ar. tartib, usul, yo‘sin, tarz) Ijodkorning o‘ziga xos tili, xarakter yaratishi va badiiy quvvati. Har bir chinakam ijodkor o‘z uslubiga ega bo‘ladi. Masalan, Navoiy g‘azallari yuksak badiiyligi, fikrlarining teranligi bilan, Bobur asarlari esa musiqiyligi, tilining soddaligi bilan ajralib turadi. Uslub ijodkorning o‘zligini, mustaqilligini belgilaydi.
UYDIRMA Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, toʻqib chiqarilgan voqea. Jumladan ertak uydirma asosida yaratiladi. UZV (ar. a’zo, tana qismlaridan biri) 1. Tana a’zosi; mucha. 2. Biror butunlikning ajralmas qismi, bo‘lagi. Mas. so’z ohang va harakat birligi, aniqrog’i, shu uzvlarning o’zaro mantiqiy aloqadorligi tufayli allalarning kompozicion butunligi yuzaga keladi. V VAZN (ar. o‘lchov) Konkret she’rda yuzaga chiquvchi ritmik hodisa, metr, o‘lchov. So‘zlashuv amaliyotida “aruz vazni”, “barmoq vazni” tarzida ishlatish kuzatiladiki, nazariy jihatdan bu to‘g‘ri emas. Chunki aruz ham, barmoq ham ko‘plab vaznlarni o‘z ichiga olgan she’r tizimlaridir. Vazn she’r tizimi qonuniyatiga asoslangan holda aniq bir she’rning o‘lchovini bildiradi. VERBAL hodisaga daxldor marosimlar so‘nggan, ammo unga xos aytim-olqishlar, badihalar mavjudligi. Mas. ibtidoiy animistik qarashlar zamirida vujudga kelgan tabiat hodisalariga aloqador mavsumiy marosim qo’shiqlar. Ular qachonlardir kattalar repertuarida yuzaga kelgan. Biroq davrlar o’tishi bilan animistik e’tiqod ham so’na borgan, natijada unga daxldor marosim ham qolmagan. Lekin shu marosimning verbal qismi bo’lgan aytim-qo’shiqlar, aytish mumkinki, quyoshga, oyga, yulduzlarga, kamalakka, shamolga, yomg’irga va boshqa tabiat hodisalariga sig’inishni ifodalagan qo’shiqlar ham asta-sekin yalinish-sig’inishdan iborat animistik mohiyatini yo’qota borib, goh parcha (rudiment) holida, goh transformatsiyaga uchragan holda bolalar repertuariga o’tib yashay boshlagan. “Oftob chiqdi olamga” yalinchog’i bunga misol bo‘la oladi: Oftob chiqdi olamga, Yugurib bordim xolamga. Xolam: -Ana yer,-dedi, Borib o’tin ter,-dedi. O’tin terdim bir quchoq, Non yopdi o’choq-o’choq. Menga berdi elakday, O’ziga oldi g’ilakday. Otib urdim eshikka, Boshim tegdi teshikka. VERSIYA (lot. versio – burilish, o‘zga-rish; ko‘rinishini o‘zgartirish) Paydo bo‘lishi jihatidan bir asosga ega bo‘lgan, biroq sujet halqasidagi ayrim o‘rinlar, ayrim talqinlarda farqlanuvchi bir asarning bir necha nusxasi. Alpomish dostonining versiyalari. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling