YAKKA BOGʻLOVCHI Yakka holda, takrorlanmay qoʻllanadigan bogʻlovchi. O‘zbek tilidagi bogʻlovchlarning asosiy qismi yakka bogʻlovchidir: va, hamda, lekin, goʻyo, holbuki. va b. Qiyos. Takrorlanuvchi bogʻlovchi.
YAKKA OT Bir turdagi predmetlarni yakka-yakka bildiruvchi ot: daraxt, nok, stul, barmoq kabi. Qiyos. Jamlovchi ot.
YARIM MAVHUM BOGʻLAMA Lugʻaviy ma’nosini tamomila yoʻqotmagan (ma’lum darajada saqlagan) bogʻlama. Masalan, hisoblanadi, deyiladi, bo‘l soʻzlari lugʻaviy ma’nolarini ma’lum dyrajada, saqlagan holda boglama vazifasida qoʻllana oladi: Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng ko‘rkam, eng tarovatli bayram sayillaridan hisoblanadi. (M. Murodov)
YASALISH Biror til (nutq) birligining ma’lum vositalar yordamida hosil qilinishi: So‘z yasalishi; Shakl yasalishi.
YASALMA Yasalish natijasida hosil qilingan birlik (soʻz). Masalan, suvchi soʻzida: suv – soʻz yasalish asosi, -chi – yasovchi affiks, “suvchi”ning oʻzi esa yasalmadir.
YASAMA ASOS Ma’lum vositalar yordamida yasalgan va boshqa soʻzning yasalishiga asos boʻladigan asos. Masalan, terimchi soʻzining yasalishiga asos boʻlgan qism (terim) yasama asosdir.
YETAKCHI FE’L Analitik fe’l shakllarida oʻz mustaqil ma’nosini saqlovchi fe’l. Masalan, oʻqib chiqdi, ezib tashladi, bora qol, yiqilib ketdi kabi analitik shakllarda oʻqi, ez, bor, yiqil fe’llari etakchi fe’l hisoblanadi.
YIGʻIQ BO‘LAK – q. Sodda boʻlak.
Do'stlaringiz bilan baham: |