Oʻ
OʻLCHOV SOʻZLARI Sanoq son bilan birga ishlatilib, mavjudotning miqdoriy oʻlchoviyai muayyanlashtiradigan soʻzlar. Masalan, dona, kilo, litr kabi: to‘rt kilo guruch, o‘n litr yog‘, uch nafar yigit, bir hovuch suv, ikki bogʻ piyoz va b.
OʻLIK TIL Qadimda qo‘llanib, shu tilda gaplashgan xalqning turli sabab bilan yo‘q bo‘lib yoki boshqa xalqqa qo‘shilib, o‘zga tilda gaplashib kеtishi natijasida istе’moldan chiqib, muomalada ishlatilmaydigan bo‘lib qolgan, bugungacha faqat yozma manba orqali yetib kеlgan til. Masalan, lotin, qadimgi hind yoki sanskrit, qadimgi slavyan, qadimgi xorazmiy, qadimgi arab, qadimgi fors, so‘g‘d tili va boshqalar shular jumlasidan.
OʻQUV LUGʻATI Bevosita oʻqish-oʻqitish maksadi bilan tuzilgan, maktab oʻquvchilari yoki talabalar yoki uchun moʻljallangan turli tipdagi (tarjima, izohli, terminologik va h.) lugʻatlar. Bunday lugʻatlar tanlangan leksik materialning hajmi, tanlash yoʻli, muayyan oʻquv dasturini nazarda tutishi, oʻquvchi – kitobxonlarping bilim darajaoini hisobga olishi kabi xususiyatlar bilai ajralib turadi. Masalan, F. Safarov, S. Safarovning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug‘at”i (Toshkent, “Fan”, 2012).
OʻRAM Fe’lniig funktsional shakllaridan biri va unga tobe boʻlgan mustaqil soʻzdan tashkil topgan siitaktik butunlik. Hokim qism fe’lning qanday funksional shaklidan boʻlishiga ko‘ra o‘ramning uch turi farqlanadi: sifatdosh o‘ram (q.); ravishdosh o‘ram (q.); infinitiv o‘ram (q.).
OʻRIN BELGISI SHAKLI Otning narsa-hodisaning o‘rniga koʻra (oʻringa oidlik) belgisini, payt ma’noli soʻzlarda esa paytga koʻra (paytga oidlik) belgisini bildiruvchi shakli. Bu soʻz shakli oʻzbek tilida -dagi qo‘shimchasi yordamida yasaladi: uydagi, qirdagi, yozdagi kabi: Tepalikdagi baqaterakdan gur etib ko‘tarilgan bir to‘p qarg‘a «qa-qug‘» deganicha to‘rt tomonga uchib ketdi (A. Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |