OʻZLASHTIRISH Oʻzaro ta’sir, aloqa natijasi sifatida bir til unsurlarining boshqa tilga oʻtishi (qabul qilinishi).
OʻZLASHTIRMA GAP Mazmuni saqlangan holda shakli oʻzgartirilib berilgan oʻzga gapi. O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap morfologik (-ibdi, -gan ekan, -ayotgan ekan, -ar ekan qo‘shimchalari) va sintaktik usul (borishini aytdi) bilan ifodalanadi: Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganini ishga solibdi. Natijada so‘ridagi uzumlarni yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) Bu qizcha shu yoshgacha aravachasidan turmagan va bir og‘iz so‘z aytmagan ekan. (N. Fozilov) Qishloq odamlarining aytishicha, Ismoilov moliyadan yashirincha ustaxona ochib yasagan buyumlarini qimmat bahoga pullar ekan. (Gazetadan) Tabib non qoqisi yeb, quyuq famil choy ichish lozimligini aytdi. (M. Ismoiliy)
OʻZLIK FE’LI – q. Oʻzlik nisbati.
OʻZLIK NISBATI Harakatning subyektining oʻziga obyekt sifatida qaratilganligi yoki subyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishi (bajarilishini) bildiradigan niobat. Bu nisbat shakli oʻzbek tilida -(i)n, -(i)l mffikslari yordamida yasala- di: koʻrinmoq, maqtanmoq,, tugilmoq kabi.
OʻZLIK OLMOSHI Aniq, muayyan yakkalikni belgilovchi, kishilik olmoshi yoki ot bilan kelib, uni ta’kndlab koʻrsatuvchi olmosh – oʻz: siz oʻzingiz, akamning oʻzi kabi. Bu olmosh barcha kelishik va egalik shakllarida qoʻllana oladi: oʻzim, oʻzing, oʻzi; oʻzimiz, oʻzingiz, oʻzlari; oʻzimni, oʻzimning, oʻzimga, oʻzimda, oʻzimdan kabi.
SH
SHAKL YASALISHI Soʻzning u yoki bu grammatik ma’no ifodalovchi shaklining hosil qilinishi, shunday shaklning hosil boʻlishi. Masalan kelishik shaklari quyidagicha yasaladi: kitob, kitob + ni, kitob + ning, kitob + ga, kitob + da, kitob + dan.
SHAKL BUTUNLIGI Til birliklarining yaxlitligicha shakl oʻzgarshiga (shakl yasalishiga) ega boʻlishi, qismlarga ajralmaslik va uning qismlari orasiga tilning boshqa birliklarini kiritib boʻlmaoik xususiyati. Masalan, qoʻshma soʻzlar shakl butunligiga epaligi tufayli uni qismlarga ajratib boʻlmaydi, uning qismlark orasiga boshqa birlik (masalan, soʻz yoki qo‘shimcha) kiritib boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |