B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


SHAKL YASALISHINING ANALITIK USULI


Download 387.41 Kb.
bet131/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SHAKL YASALISHINING ANALITIK USULI Yordamchi soʻzlar vosita­sida shakl yasalish usuli. Masalan, ko‘rib chiqmoq, o‘sib ketmoq, onam uchun soʻz shakllari chiq, ket, uchun yordamchilari vositasida yasalmoqda.
SHAKL YASALISHINING SINTETIK USULI Qo‘shimchalar yordamida shakl yasalish usuli: kitoblar (-lar qo‘shimchasi yordamida koʻplik shakli yasal­yapti), koʻrsatyapman (-sat, -yap, -man affikslari yordamida nisbat, zamon, shaxs-son shakllari yasalyapti) va b.
SHAKL YASALISH USULI Soʻz shakli yasalishining yoʻli. O‘zbek tilida soʻz shakllari quyilagi usullari bor: 1) sintetik usul (q. Shakl yasalishining sinteik usuli); 2) analitik (q. Shakl yasalishining analitik usuli).
SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHA Soʻz shaklini hosil qiluvchi qo‘­shim­cha. Masalan, -lar (daftarlar, tarvuzlar) – ko‘plik shaklini yasovchi qo‘shimcha; -di (keldi, o‘qidi) – o‘tgan zamon shaklini yasovchi qo‘shimcha.
SHART ERGASH GAP Bosh gapdan amglashilgan harakat, voqea-hodisa­ning yuzaga kelish shartini bildiruvchi ergash gap: Yurak baquvvat bo‘lsa, ish ham unumli bo‘ladi, kishi charchamaydi. (Uyg‘un)
SHART FE’LI Shart maylidagi fe’l.
SHART MAYLI Boshqa biror harakat bajarilishi uchun bu harakatshshg baja­rilishi shart ekanini bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli -sa qo‘shimchasi yordamida yasaladi: kelsa, soʻrasa, yoqtirsa kabi. Shart maylndagi fe’l ergash gapning kesimi boʻlib keladi: Fosfor va kaliy o‘g‘itlari me’yoridagidan ortiqroq berilsa, kar­tosh­kaning yetilishi tezlashadi. (“Fan va turmush” jurnalidan)

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling