B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALLITERATSIYA
- ANIMISTIK
- ANTROPOMORFIZM
ALLEGORIYA (yun. allegoria – o‘zgacha ifodalash) Mavhum tushuncha yoki g‘oyalarni aniq bir obraz vositasi bilan ifodalash; majoz. Masalan, bo‘ri so‘zining yomonlik (yovuzlik), tulki so‘zining ayyorlik ifodasi uchun qo‘llanishi. (yun. allos-o‘zgacha, agoreuo- gapiraman)– 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan ko‘chim turi. Mas. tulki–ayyorlikni ifodalaydi.
ALLITERATSIYA (lot. al – yonida, litera – harf) – she’riy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko‘rinishi. Masalan, Qaro qoshing, qiyiq qoshing, quyuq qayrilma qoshing qiz.. (E. Vohidov) ANAFORA (yun. – oldinga, yuqoriga chiqarish). Soʻz yoki soʻzlar guruhining misra yoki band boshida takrorlanishi, soʻz takrorining xususiy koʻrinishi. Anafora ma’lum fikr, his-tuygʻu, holat va hokazoni ta’kidlab koʻrsatishga xizmat qiladi, tabiiy ravishda she’rning xushohangligini ham oshiradi. Vatan –bu ona tilingda soʻylamoq, Vatan – bu ona tilingada oʻylamoq, Vatan – bu ozodlik degani. (Jamol Kamol) ANIMISTIK Animizmga doir. ANIMIZM (lot. anima – jon, ruh) Jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o‘z hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko‘rish, gallysinatsiya, o‘lim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog‘langan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog‘liq ruh to‘g‘risidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo‘lingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta’sir ko‘rsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar. ANNOTATSIYA (lot. annotation – izoh, sharh) Asar mazmunining qisqacha bayoni. Noshirlik amaliyotida kitoblarning ichki muqovasida, ilmiy maqolalarning sarlavhasidan keyin beriladi. A. asarning o‘ziga xos pasporti bo‘lib, u bilan umumiy tarzda tanishtiradi. ANTITEZA (yun. antithesis – qarshilantirish ) Obraz zamiridagi narsa, hodisa, tushunchalarni keskin qarshilantirishga asoslangan stilistik figura; tazod. Antitezada qarshilantirish asosan antonim soʻzlar vositasida voqe boʻladi, shu sababli ham u doim ochiq koʻzga tashlanadi. Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir. Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz, Har kimki yomon boʻlsa jazo topqusidir. (Bobur) ANTOLOGIYA (yun. guldasta) Biror milliy adabiyot, davr, adabiy yo‘nalishga mansubligi jihatidan tanlangan ijodkorlar asarlaridan namunalarni jamlovchi to‘plam. M; O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. I. She’riyat. II. Nasr. T., 2006. ANTROPOMORFIZM (antropo ... va yun. morphe – shakl, ko‘rinish) Xudo hamda ilohiy kuchlarni, tabiatdagi narsa, hodisalarni inson qiyofasida tasavvur qilish. Antropomorfizm qadimgi yunonlar dinida keng tarqalgan edi. Ularning tasavvuricha, xudolar insonga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, abadiy yashaydi. Xalq ertaklarida esa hayvonlar, qushlarning insonlarga o‘xshab gapirishi, suhbati va h.k. M: “Susambil” ertagi ARSENAL (fr. arsenal – ishxona, ustaxona) 1. Qurol-aslaha yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joy; qurol-yarog‘ ombori. 2. Ko‘p sonli biron narsa, katta zaxira. M: yozuvchi shoirlarning ijodiy arsenali Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling