B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet119/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

UNDOSHLARNING JARANGLILASHUVI Ma’lum fonetik sababga koʻra, jarangsiz undoshnint oʻzi bilan juftlik hosil qiluvchi jarangli undoshga almashi­nishi. Masalan, k ning g ga oʻtishi; yuragi (yurak + i); q ning ga oʻtishi: qishlogʻimiz (qishloq + imiz) kabi.
UNDOSHLARNING JARANGSIZLASHUVI Ma’lum fonetik sababga koʻ­ra, jarangli undoshning oʻzi bilan juftlik hosil qiluvchi jaraigsiz undoshga alma­shi­nishi. Masalan, b undoshining kitob, borib kabi soʻzlarda p talaffuz etilishi (kitop, borib).
UNDOV BELGISI Bu tinish belgisi (!) asosan quyidagi hollarda qoʻyiladi: 1) undov gaplar oxirida: Eh, bahor qanday go‘zal fasl!; 2) buyruq gaplar oxirida: Hoy, bo‘­ri­lar! So‘zlaringdan qayt! (Hamza); 3) Gap boshida kelib, his-hayajon bilan aytilgan undalmadan so‘ng: Hoy, bo‘­ri­lar! So‘zlaringdan qayt! (Hamza)
UNDOV GAP Fikr bilan birga soʻzlovchining voqelikka boʻlgan turlicha emot­sional munosabatini, ichki his-hayajonini ifodalovchi gap. Undov gaplar oʻzi­ga xos konstruktiv unsurlarga, masalan, oʻziga xos undovlar, olmoshlar, undov ohangi kabilarga ega boʻladi: Yashasin mustaqillik!
Naqadar suluvsan, naqadar inju,
Ey, sen shimol yurtin cho‘ng o‘rmonlari. (A. Oripov)
UNDOV His-hayajon, buyruq-xitob, haydash, chaqirish kabi ma’nolarni bildiruvchi, gap boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmaydigan soʻz turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻz: oh, voy, be, hay-hay, ura, hay, beh-beh kabilar. Undov ma’nosiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: 1) his­hayajon undovlari (q.), 2) hay­dash­chaqirish undovlari (q.), 3) rasm­odat undovlari (q.) 4) ko‘rsatish, ta’kid un­dov­lari (q.).
UNLI TOVUSH Og‘iz boʻshlig‘ida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil bo‘la­digan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovush. O‘zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema bor: i, e, a, o, u, oʻ. Unli tovush ikki tomonlama tasnif qilinadi:
I. Tilning vеrtikal (tik) harakatiga ko‘ra 3 ga ajraladi:
1) yuqori tor unli: i, u.
2) o‘rta kеng unli: e, o‘.
3) quyi kеng unli: a, o.
Bunda yuqori, o‘rta, quyi so‘zi tilning og‘iz bo‘shlig‘ining pastida, o‘rtasida va yuqorisida turishni ko‘rsatsa, tor va kеng so‘zi til bilan tanglay oralig‘ining tor-kеngligiga ishora qiladi.
II. Labning ishtirokiga ko‘ra unli ikkiga bo‘linadi:
1) lablanmagan unli: i, e, a.
2) lablangan unli: u, o‘, o.
Lablangan unlini talaffuz qilganda lab cho‘chchayadi, lablanmagan unlida esa bunday hol kuzatilmaydi.
Ba’zan unlini tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra ikki guruhga ajratishadi:
1) til oldi: i, e, a.
2) til orqa: u, o‘, o.
Bu unlining doimiy bеlgisi va tasnifi emas. Chunki bir unli til orqa undoshi bilan kеlsa, til orqa, til oldi undoshi bilan kеlsa, til oldi unlisiga aylanadi. Masalan, qachon so‘zidagi a til orqa, mana so‘zidagi unli til oldi unlisidir. Yoki paydo, tamanno so‘zidagi o til oldi, qon, xotira so‘zida esa til orqadir.
UNUMLI QO‘SHIMCHALARq. Mahsulli qo‘shimchalar.
UNUMSIZ QO‘SHIMCHALARq. Mahsulsiz qo‘shimchalar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling