B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMLASHTIRUVCHI SOʻZ
- UN PAYCHALARI
- Quyosh
UMUMIY TILSHUNOSLIK Tnlshunoslikning, xususiy tilshunoslikdan farqli holda, tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi boʻlimi. Umumiy tilshunoslikning asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi-xususiyatlarni aniqlash va yoritishdir.
UMUMLASHTIRUVCHI SOʻZ – q. Umumlashtiruvchi boʻlak. UMUMZAMON (UMUMIY ZAMON) Harakatning zamon nuqtayi nazaridan, ya’ni oʻtgan, hozirgi va kelasi zamonga nisbatan umumiy tarzda boʻlishi. Bunda harakatning bajarilishi biror zamon (oʻtgan, hozirgi yoki kelasi zamon) bilan chegaralanmaydi. O‘zbek tilida bu ma’no hozirgi-kelasi zamon shakli orqali ifodalanadi: o‘sadi, yashaydi kabi: Baliq suvda yashaydi. Yer Quyosh atrofida aylanadi. Yaxshi kayfiyat sog‘liqni mustahkamlaydi. UN PAYCHALARI Boʻgʻizda gorizontal (koʻndalang) tortilgan ikki elastik muskullar bogʻlami. Un paychalari elastik boʻlib, uzayishi yoki qisqarishi, shuningdek, taranglashishi yoki boʻshashishi mumkin. Un paychalarining titrashi natijasida ovoz hosil boʻladi. UNDALMA Soʻzlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxs yoki narsani bildiradigan soʻz yoki soʻz birikmasi. Undalma gap boʻlaklari bilan grammatak aloqada boʻlmaydi: – Tog‘a, bu uzumlarni qanday qilib yetishtirdingiz? (N. Maqsudiy) Quyosh, nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l! Bahor, ketma bizning bog‘lardan. (Oybek) Xayr, ey, bearmon kezgan qirlarim. Xayr, ey, yiroqqa qochgan so‘qmoqlar. (A. Oripov) UNDOSH TOVUSH Ogʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqqa uchrab paydo boʻladigai, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindam iborat tovush. Ularning talaffuzida havo oqimi sirg‘alib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi va h. Ana shular natijasida turli jihatdan bir-birndap farqli undosh tovushlar hosil boʻladi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida undosh tovush 24 ta: b, v, g, d, j, qorishiq j, z, y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, gʻ, h. Undosh, asosan, to‘rt bеlgiga ko‘ra tasnif qilinadi: 1) hosil boʻlish oʻrniga (nutq a’zolarining ishtirokiga) koʻra; 2) hosil boʻlish usuliga koʻra; 3) ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra; 4) ovozning miqdoriga ko‘ra. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undoshlar uchga bo‘linadi: 1) lab undoshlari (q.) 2) til undoshlarii (q.) 3) bo‘g‘iz undoshi (q.). Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra ko‘ra, undosh 5 ga bo‘linadi: 1) portlovchi undosh (q.) ; 2) sirg‘aluvchi undosh (q.); 3) portlovi-sirg‘aluvchi undosh (q.); 3) qorishiq undosh (q.) 5) titroq undosh (q.) Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar 2 ga bo‘linadi: 1) jarangli undosh (q); b) jarangsiz undosh (q.). Ovozning miqdoriga ko‘ra undoshlar 2 ga bo‘linadi: 1) sonor; 2) shovqinli. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling