B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet109/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TILLARNING SHAJARAVIY TASNIFI Tillarni kelib chiqish manbaining birligi, umumiyligiga koʻra guruhlarga ajratish. Bunday umumiy manbadan kelib chiqqan tillarning katta guruhlari qarindosh tillar oilasini tashkil etadi. Masalan, hind-evropa tillari oilasi, moʻgʻul tillari oilasi, turkiy tillar oilasi va b.
TILLARNING TIPOLOGIK TASNIFIayn. Tillarning morfologik tasnifi.
TILLARNING QARINDOSHLIGI Tillarning bir asos tildan kelib chiq­qanligi va ularning fonetik, leksik va grammatik tsurilishida bir aoos tildan kelib chiqqan­ligini koʻrsatuvchi umumiylik, izchil mosliklariing mavjudligi.
TILNING ESTETIK VAZIFASI Tilning aloqa-aralashuvda turli his-hayajon, ta’sirchanlikii ifodalash vazifasi.
TILNING FIKR OLISHUV VAZIFASI Tilning asosiy vazifasi. Til jamoasi a’zo­larning oʻzaro fikr olishuvidan iborat nutqiy aloqa vazifasi. Q. Tilning nutqiy alo­qa vazifasi.
TILNING LUGʻAT TARKIBI Tildagi barcha soʻzlar majmui. Lugʻat tarkibiga asosiy lugʻat fondi ham kiradi.
TILNING NUTQIY ALOQA VAZIFASI Tilning aloqag aralashuv vositasi sifatidagi asosiy vazifasi Tilning nutqiy aloqa vazifasida ikki hodisa farqlanadi: 1) fikr olishuv (aloqa-aralashuv) vazifasi; 2) xabar vazifasi (biror mantiqiy mazmunni etkazish vazifasi).
TILNING TA’SIR ETISH VAZIFASIayn. Tilning estetik pazifasi.
TILNING TADRIJIY TARAQQIYOTI Tilning oʻz ichki qonuniyatlari va liso­niy omillar ta’sirida oʻzgarib borishi..
TILNING VAZIFALARI Nutqda turli maqsadlarda til vositalarining poten­sial xususiyatlaridan foydalanish.
TILSHUNOSLIKKA KIRISH Umumiy tilshunoslikning til haqida dastlabki ma’lumot beruvchi, tilshunoslikda qoʻllanadigan asosiy ilmiy termin va tushun­chalar bilan tanishtiruvchi, tilshunoslikning asosiy qismlarini va xususiy til­shunos­likda oʻrganiladigan masalalarni oʻzlashtirish uchun nazariy asos beradigan qismi.
TILSHUNOSLIK Til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tas­­nifi haqidagi; muayyan tillarning ish koʻrish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraq­qiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va sh. k. ga koʻra tilshunoslikning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy tilshunoslik (q.); amaliy tilshu­­noslik (q.); xususiy tilshunoslik (q.); struktural lingvistika (q.); matematik lingvistika (q.) va b.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling