TERMINOLOGIK LUGʻAT Ma’lum bir sohaga oid soʻz-terminlarni qayd etuvchi lug‘at.
TERMINOLOGIYA (terminos +1ogos – soʻz, ta’limot). 1. Biror fan, kasb va b. sohaga oid terminlar majmui. Masalan, grammatik terminologiya, san’at terminologiyasi va b.
2. Tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi bo‘limi.
TERMINOLOGIK LEKSIKA Terminlardan iborat leksika.
TERS LUGʻAT (teskari lugʻat) Soʻzlar oxirgi harflari boʻyicha alifbo tartibida joylashtiriladigan lugʻat:
muddat
bemuddat
odat kabi
TESKARI TARTIB Ma’lum uslubiy, semantik maqsad va boshqa sabab bilan sintaktik tuzilma toʻgʻri (odatdagi) tartibining oʻzgarishi; inversiya. Masalan, u ketdi (toʻgʻri tartib) – ketdi u (teskari tartib); kecha keldi (toʻgʻri tartib) – keldi kecha (teskari tartib).
TEZAURUS (yun. thesauros – xazina) Tilga oid leksik tarkibni toʻla hajmda aks ettiruvchi lugʻat. Tezaurusda leksik birliklar orasidagi semantik munosabatlar (sinonimlar, antonimlar, giponimlar, giperonimlar, paronimlar) ko‘rsatiladi.
TIL BIRLIGI Bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi oʻrni bilan farqlanadigan til hodisasi: fonetik birlik – fonema (q.); morfologik birlik – morfema (q.); leksik birlik – leksema (q.).
TIL EVOLYUTSIYASI – q. Tilning tadrijiy taraqqiyoti.
TIL OLDI UNDOSHLARI Til oldi qismining faol ishtirokida hosil boʻladigan undoshlar. Masalan, b, p, d, t undoshlari.
TIL OLDI UNLILARI Til oldi qismining faol ishtirokida hosil boʻladigan unlilar. Masalan, i, e, a unlilari.
TIL ORQA UNDOSHLARI Til orqa qismining faol ishtirokida hosil boʻluvchi undoshlar. Masalan, k, g undoshlari.
TIL ORQA UNLILARI Til orqa qismining faol ishtirokida hosil boʻladigan unlilar. Masalan, o, oʻ unlilari.
TIL SATHLARI Tilni tekshirish jarayonida, uni tahlil etishniig turli usullarida belgilanadigan qatlamlari (qatorlari). Tilning asosiy sathlari sifatida fonologik, morfologik, sintaktik va leksik sathlar farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |