SOʻZNING VAZIFALARI Soʻzni (leksik birlikni) nutqda ishlatishdan kuzatilgan maqsad va vazifalar. Soʻz nutqda quyidagi vazifalarga ega boʻladi: 1) nutqiy aloqa vazifasi (q. Soʻzning nutqiy aloqa vazifasi); 2) nomlash vazifasi (q. Soʻzning nomlash vazifasi); 3) estetik vazifa (q. Soʻzning estetik vazifasi).
SOʻZNING TASHQI SHAKLI Soʻzning tovush tomoni, urgʻu va boshqa vositalar tufayli fonetik yaxlitligi, boʻgʻin xususiyatlari.
SOʻZSHAKL Soʻzning nutqda qatnashadigan muayyan koʻrinishi. Masalan, togʻ havosi, togʻda yurmoq, togʻga bormoq birikmalaridagi togʻ, togʻda, togʻga soʻzlari togʻ soʻzining uch soʻzshaklidir.
STRUKTURAL LINGVISTIKA ayn. Strukturalizm.
STRUKTURALIZM (lot. strukture – tuzilish, qurilish) Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, oʻzaro bog‘liqligini, tilning tuzilish tomonini yoritish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan yoʻnalish. Strukturalizmning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar: 1) Praga lingvistik maktabi; 2) Amerika strukturalizmi; 3) Kopengagen maktabi; 4) London lingvistik maktabi.
SO‘ZNING ICHKI TOMONI Soʻzning mazmun tomoni.
SUBYEKTIV BAHO SHAKLI Soʻzlovchinimg narsa-predmetga boʻlgan subyektiv munosabatini (bahosini) ifodalovchi (ot turkumiga xos) soʻz shakli. Masalan, otlarning erkalash shakli: opajon, bolaginam kabi.
SUN’IY TIL Tabiiy (bor boʻlgan) tillar unsurlaridan xalqaro aloqa uchun yordamchi vooita sifatida yaratiladigan til: esperanto (q.), interlingva (q.), ido (q.)
SO‘NG JOYLASHUV O‘zaro bogʻlangan (aloqadagi) unsurlardan birining keyinda joylashuvi: Keldi u (eganing keyin joylashuvi).
SO‘NG QO‘SHIMCHA Soʻzga soʻng (ket) tomonindan qoʻshiladigan qoʻshimcha: xizmatchi, paxtakor, chiroyli, kuchsiz kabi.
SUPPLETIVIZM (lot. supplitivis – toʻldiruvchi, qoʻshimcha) Ayni bir soʻzga mansub ikki soʻz shaklining alohida-alohida soʻzlarda ifodalanishi. Masalan, birinchi va ikkinchi shaxs birlik kishilik olmoshlarining men, sen soʻzlari bilan, koʻpligining esa biz, siz soʻzlari bilan ifodalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |