SINTAKTIK ERKIN SOʻZ BIRIKMASI Sintaktik tahlilda har bir komponenti bevosita mustaqil qismlarga ajratiladigan soʻz birikmasi: yam-yashil dala, bahodir yigit, yangi shahar va b.
SINTAKTIK SINONIMIYA Sintaktik birliklar oʻrtasidagi sinonimlik hodisasi. q. Sintaktik sinonimlar.
SINTAKTIK SINONIMLAR Mazmuni bir xil, shakliy qurilishi oʻzaro farqli boʻlgan sintaktik tuzilmalar: Ilm-hunar odamga hech qachon og‘irligi tushmaydigan beminnat mulkdir. − Ilm-hunar shunday beminnat mulkki, odamga hech qachon ularning og‘irligi tushmaydi.
SINTAKSIS (yun. syntaxis – tuzish). 1. Grammatikaning oʻzaro bogʻlanishli nutq qurilishini oʻrganuvchi boʻlimi. Bu boʻlim ikki asosiy qismdan iborat: 1) soʻz birikmalari haqida ta’limot qismi (soʻz birikmalari sintaksisi); 2) gap qaqida ga’limot qismi (gap sintaksisi).
SINTAKTIK ALOQA Soʻz birikmasi hamda gap qismlarining oʻzaro bogʻlanishi. Sintaktik aloqaning ikki turi farqlanadi: 1) teng aloqa (q.); 2) tobe aloqa (q.).
SINTAKTIK ME’YOR Sintaktik birliklarning (soʻz birikmalari va gaplarning) hozirgi til (nutq) qonun-qoidalariga mos kelish-kelmasligini belgilovchi koʻrinishi.
SINTETIK QURILISH Grammatik ma’noning sintetik shakl bilan ifodalanishiga asoslanadigan qurilish.
SINTETIK SHAKL Qo‘shimchalar yordamida hosil boʻluvchi shakl. Masalan, otlarning qo‘shimchalar yordamida yasaluvchi kelishik shakllari (uyni, uydan, uyda, uyning), fe’lning qo‘shimchalar yordamida yasaluvchi zamon shakllari (koʻrdim, koʻryapman, koʻraman) va b.
SINTETIK USUL Qo‘shimchalar yordamida hosil boʻlish (yasalish) usuli. Qiyos. Analitik usul.
SINTAKTIK TAHLIL Sintaktik hodisalar, sintaktik birliklir, ularniig turlari, ifoda materiali va shu kabilarni belgilash.
SINTAGMATIK MUNOSABAT Til birliklarining nutq oqimida yuz beradigan xususiyatlari asosidagi munosabatlari. Masalan, allofonlar – fonemaning sintagmatik xususiyatlari, soʻzlarning valentliligi esa so‘zlarning sintagmatik xususiyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |