B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet104/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TALAFFUZ LUGʻATI Soʻzlarning adabiy talaffuzi qayd etiladigan lugʻat; orfoepik lugʻat. Masalan, “O‘zbek tilining orfoepik lugʻati” («O‘qituvchi» nash­ri­yoti, 1977).
TALAFFUZ ME’YORI Adabiy tilga xos talaffuzni belgilovchi me’yor; orfo­epik me’yor: kotta emas, katta; ena emas, ona talaffuz qilish kabi.
TALAFFUZ Nutq tovushlarining aytilishi: toʻgʻri talaffuz, adabiy talaffuz.
TANGLAY TOVUSHI q. Palatal tovush.
TANGLAY-TISH UNDOSHLARI Havo oqimi ogʻiz boʻshlig‘ida ikki toʻ­siq­­­­­­­­­dan (til bilan milk orasidan va til orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasidagi toʻsiqdan) sirgʻalib oʻtishi bilan hosil boʻladigan til oldi undoshlari. Masalan, j, sh undoshlari.
TAQLID SOʻZ Inson, hayvon va boshqa narsalarning tovushini, harakat-holat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻz: chars-churs, gup, miyov; lip-lip, lov-lov, yalt-yult va b. Taqlid soʻzlarning ikki turi farqlanadi: 1) tovushga taqlid soʻz (q.); 2) ob­­razga taklid soʻz (q.)
TAKRORIY SOʻZ Ayni soʻzni takror holda qoʻllash bilan tuzilib, koʻplik, da­vom­lilik kabi ma’nolarni ifodalovchi soʻz; soʻzning takroriy shakli. Takroriy soʻzda pauza oddiy takrordagidan juda qisqa boʻladi: dona-dona, katta-katta, tez-tez, qa­rab-qarab, hoʻng-hoʻng kabi: Uzun-uzun pushtalarda katta-katta olachi­por tarvuz­lar dumalab yotibdi. (Sh. Sa’dulla)
TAQSIM SON Predmet miqdorini taqsimlash, guruhlash yoʻli bilan bildi­ruvchi son. Sonning bu turi -tadan qo‘shimchasi yordamida yasaladi: beshtadan, toʻqqiz­tadan kabi.
TAKT Nutqning talaffuz jihatdan yaxlitlangan va pauza (pauzalar) bilan ajra­ladigan parchasi.
TARIXIY FONETIKA Tilning tovush tomonini tarixiy taraqqiyotda (dia­xronnk planda) oʻrganuvchi fopetika.
TARIXIY MORFEMA Hozirgi tilda ma’nosini yoʻqotgan (til birligi sifatida yoʻq), tarixan ma’noli boʻlgan morfema. Masalan, yalpoq, yaylov kabi soʻzlarping yal-, yay- qismi tarixan lugʻaviy ma’noli morfema boʻlgan.
TARIXIY SOʻZ O‘tmishga oid voqea-hodisalarni ifodalaydigan, bu voqea-hodisalarni nomlash maqsadida hozirgi tilda ishlatiladigan soʻz: kanizak, darvesh, g‘ulom, kashkul, juvoz, omoch va b.
TARJIMA LUGʻATI Bir tilning (tarjima qilinayotgan tilning) lugʻaviy birli­giga boshqa tilning ma’no jihatdan ekvivalenti beriladigan, oʻzga tilning lugʻaviy birligi tarjima etiladigan lugʻat. Bunday lugʻatlar ikki tilli yoki koʻp tilli boʻlgʻishi mumkin: ruscha-oʻzbekcha lugʻat, inglizcha-ruscha-oʻzbekcha lugʻat va b.
TARTIB SON Predmetning sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi son. Son­ning bu turi -(i)nchi qo‘shimcha yordamida yasaladi: ikkinchi, oltinchi, oʻninchi kabi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling