TEKST (lot. tekstus – bogʻlanish, qoʻshilish) – q. Matn.
TEMA (yun. tema – asos boʻlgan narsa) Gapning aktual boʻlinishida ma’lum (tanish) boʻlgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga oʻtish uchun asos xizmatini qiluvchi qism: Hovlidagi yong‘oqlar yap-yalang‘och bo‘lib qolgan. (O‘. Hoshimov) Hovli ichi bo‘m-bo‘sh (N. Safarov)
TENG ALOQALI TUZILMA O‘zaro ergashtiruvchi bogʻlovchilar yordamisiz bogʻlangan tuzilma; gaplarning oʻzaro shunday yoʻl bilan bogʻlangan.
TENG BOGʻLOVCHILAR Gap boʻlaklari va qoʻshma gap tarkibidagi tenglik munosabatida boʻlgan predikativ qismlarni bir-biriga bogʻlash uchun xizmat qiluvchi bogʻlovchilar. Qanday munosabatni ifodalashiga koʻra teng bogʻlovchilar uch turga boʻlinadi: 1) biriktiruv bog‘lovchilari (q.); 2) zidlov bog‘lovchilari (q.) 3) ayiruv bog‘lovchilari (q.).
TENGLANISH Teng sintaktik munosabatda boʻlish, soʻzlar, shuningdek, qoʻshma gapning predikativ qismlari orasidagi biri ikkinchisiga boʻysunmagan, teng aloqani koʻrsatuvchi munosabat: Olma va anor. Qoʻngiroq chalindi va dars boshlandi.
TENG ALOQA Teng huquqli sintaktik birliklar (gap boʻlaklari, qoʻshma gapning predikativ qismlari) orasidagi sintaktik aloqa: Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom) Tepalikning havosi toza va g‘ir-g‘ir shabada esar edi. (A. Irisov)
TERMIN (lot. terminos – chek, chogara, chegara belgisi) Fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaranlangan soʻz yoki soʻz birikmasi; atama. Terminlar bir ma’noli boʻlishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega boʻlmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi soʻzlardan farqlanadi. Masalan, lishgvistik terminlar: gap, ega, ot, son, tovush...; geometrpyaga oid terminlar: aylana, uchburchak...; fizikaga oid terminlar: jism, bosim, harakat, maydon; kimyoga oid termiilar: suv, kumush, ishqor, tuzlar va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |