B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet107/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TERMINOLOGIK LUGʻAT Ma’lum bir sohaga oid soʻz-terminlarni qayd etuvchi lug‘at.
TERMINOLOGIYA (terminos +1ogos – soʻz, ta’limot). 1. Biror fan, kasb va b. sohaga oid terminlar majmui. Masalan, grammatik terminologiya, san’at termi­no­logiyasi va b.
2. Tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi bo‘limi.
TERMINOLOGIK LEKSIKA Terminlardan iborat leksika.
TERS LUGʻAT (teskari lugʻat) Soʻzlar oxirgi harflari boʻyicha alifbo tartibida joylashtiriladigan lugʻat:
muddat
bemuddat
odat kabi
TESKARI TARTIB Ma’lum uslubiy, semantik maqsad va boshqa sabab bilan sintaktik tuzilma toʻgʻri (odatdagi) tartibining oʻzgarishi; inversiya. Masalan, u ketdi (toʻgʻri tartib) – ketdi u (teskari tartib); kecha keldi (toʻgʻri tartib) – keldi kecha (teskari tartib).
TEZAURUS (yun. thesauros – xazina) Tilga oid leksik tarkibni toʻla hajmda aks ettiruvchi lugʻat. Tezaurusda leksik birliklar orasidagi semantik munosabatlar (sino­nimlar, antonimlar, giponimlar, giperonimlar, paronimlar) ko‘rsatiladi.
TIL BIRLIGI Bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi oʻrni bilan farqlanadigan til hodisasi: fonetik birlik – fonema (q.); morfologik birlik – morfema (q.); leksik birlik – leksema (q.).
TIL EVOLYUTSIYASIq. Tilning tadrijiy taraqqiyoti.
TIL OLDI UNDOSHLARI Til oldi qismining faol ishtirokida hosil boʻla­digan undoshlar. Masalan, b, p, d, t undoshlari.
TIL OLDI UNLILARI Til oldi qismining faol ishtirokida hosil boʻladigan unli­lar. Masalan, i, e, a unlilari.
TIL ORQA UNDOSHLARI Til orqa qismining faol ishtirokida hosil boʻluvchi undoshlar. Masalan, k, g undoshlari.
TIL ORQA UNLILARI Til orqa qismining faol ishtirokida hosil boʻla­digan un­li­lar. Masalan, o, oʻ unlilari.
TIL SATHLARI Tilni tekshirish jarayonida, uni tahlil etishniig turli usullarida belgilanadigan qatlamlari (qatorlari). Tilning asosiy sathlari sifatida fonologik, mor­fo­logik, sintaktik va leksik sathlar farqlanadi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling