B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet110/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TINISH BELGILARI Biror tilning umumiy grafik tizimida alohida guruhni tashkil etuvchi va yozma nutqda harflar yoki boshqa yozuv ifodalari bilan berib (ifodalab) boʻlmaydigan tomonlarni (nutqning sintaktik qurilishi va mazmunan qismlarga boʻlinishini) ifodalash uchun xizmat qiluvchi belgilar. Tinish belgalari quyidagilardan iborat: nuqta (q.); soʻroq belgisi (q.); undov belgisi (q.); nuqtali vergul: (q.); koʻp nuqta (q.); vergul (q.); ikki nuqta (q.); tire (q.); qavs (q.); qoʻshtirnoq (q.).
TIRE (fran. tiret – chiziqcha, tirer – tortish, uzaytirish) Defisga nisbatan uzunroq chiziq bilan ifodalanadigan tinish belgisi (–). Bu belgi gaplar, qoʻshma gap qismlari, gap boʻlaklari orasidagi sintaktik munosabatlarni koʻrsatish uchun ishlatiladi: Baykal – jahondagi eng chuqur chuchuk suvli ko‘l. (“Bolalar ensik­lopediyasi”dan) Vaqting ketdi – baxting ketdi. (Maqol) Ichkilik, bezorilik, buzi­lish, odobsizlik – hammasi bekorchilikdan kelib chiqadi. (A. Mux­tor)
Buva, cho‘ponlik yomonmi? – dedi Karim sekin.
Yo‘q, chirog‘im.
Qorovulchilik-chi?
Qorovulchilik ham yomon emas. (S. Anorboyev)
TITROQ UNDOSH Til uchining yuqori milkka tegib-tegmay titrashi natijasida hosil boʻladigan r undoshi.
TIZIM O‘zaro munosabatlar bilan bogʻlangan, bir butun boʻlib uyushgan til un­surlari majmui: Til tizimi. Soʻz yasalish tizimi.
TOBE ALOQA Sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga boʻysunadigan, biri ikkin­chisiga tobe boʻlgan birliklar orasidagi aloqa. Tobe aloqada bir komponent ikkin­chisiga nisbatan tobe, ikkinchisi esa unga nisbatan hokim vaziyatda boʻladi. Masa­lan, aniqlovchi – aniqlanmish, toʻldiruvchi – kesim, ega – kesim aloqalari tobe alo­qa­­­dir: goʻzal hayot, hunarni sevmoq, dalalar yashnamoqda kabi. Tobe aloqaning uch xil turi bor: 1) boshqaruv aloqasi (q.); moslashuv aloqasi (q.); bitishuv aloqasi (q.). Qo‘shma gaplarda tobe aloqa ergash gap bilan bosh gap orasida mavjud.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling