B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet118/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

UMUMIY TILSHUNOSLIK Tnlshunoslikning, xususiy tilshunoslikdan farqli holda, tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi boʻlimi. Umumiy til­shunoslikning asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi-xususiyatlarni aniqlash va yoritishdir.
UMUMLASHTIRUVCHI SOʻZq. Umumlashtiruvchi boʻlak.
UMUMZAMON (UMUMIY ZAMON) Harakatning zamon nuqtayi nazari­dan, ya’ni oʻtgan, hozirgi va kelasi zamonga nisbatan umumiy tarzda boʻlishi. Bunda harakatning bajarilishi biror zamon (oʻtgan, hozirgi yoki kelasi zamon) bilan chega­ralanmaydi. O‘zbek tilida bu ma’no hozirgi-kelasi zamon shakli orqali ifodalanadi: o‘sadi, yashaydi kabi: Baliq suvda yashaydi. Yer Quyosh atrofida aylanadi. Yaxshi kay­fiyat sog‘liqni mustahkamlaydi.
UN PAYCHALARI Boʻgʻizda gorizontal (koʻndalang) tortilgan ikki elastik muskullar bogʻlami. Un paychalari elastik boʻlib, uzayishi yoki qisqarishi, shuning­dek, taranglashishi yoki boʻshashishi mumkin. Un paychalarining titrashi natijasida ovoz hosil boʻladi.
UNDALMA Soʻzlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxs yoki narsani bildi­radigan soʻz yoki soʻz birikmasi. Undalma gap boʻlaklari bilan grammatak aloqada boʻlmaydi: Tog‘a, bu uzumlarni qanday qilib yetishtirdingiz? (N. Maq­sudiy)
Quyosh, nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l!
Bahor, ketma bizning bog‘lardan. (Oybek)
Xayr, ey, bearmon kezgan qirlarim.
Xayr, ey, yiroqqa qochgan so‘qmoqlar. (A. Oripov)
UNDOSH TOVUSH Ogʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqqa uchrab paydo boʻla­digai, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindam iborat tovush. Ularning talaffuzida havo oqimi sirg‘alib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un pay­chalarini titratib yoki titratmay oʻtadi va h. Ana shular natijasida turli jihatdan bir-birndap farqli undosh tovushlar hosil boʻladi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida undosh tovush 24 ta: b, v, g, d, j, qorishiq j, z, y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, gʻ, h.
Undosh, asosan, to‘rt bеlgiga ko‘ra tasnif qilinadi: 1) hosil boʻlish oʻrniga (nutq a’zolarining ishtirokiga) koʻra; 2) hosil boʻlish usuliga koʻra; 3) ovoz va shovqin­ning ishtirokiga koʻra; 4) ovozning miqdoriga ko‘ra.
Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undoshlar uchga bo‘linadi: 1) lab undoshlari (q.) 2) til undoshlarii (q.) 3) bo‘g‘iz undoshi (q.).
Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra ko‘ra, undosh 5 ga bo‘linadi: 1) portlovchi undosh (q.) ; 2) sirg‘aluvchi undosh (q.); 3) portlovi-sirg‘aluvchi undosh (q.); 3) qorishiq undosh (q.) 5) titroq undosh (q.)
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar 2 ga bo‘linadi: 1) jarangli un­dosh (q); b) jarangsiz undosh (q.).
Ovozning miqdoriga ko‘ra undoshlar 2 ga bo‘linadi: 1) sonor; 2) shovqinli.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling