UNLILLR GLRMONIYASI – ayn. Singarmonizm.
URGʻU Turli fonetik vositalar (masalan, ovozni kuchaytirish) orqali boʻgʻin yoki soʻzni ajratish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz. Ajratish obyektiga koʻra urgʻuning ikki turi farqlanadi: 1) soʻz urgʻusi (q.); 2) fraza urgʻusi (q.).
URGʻULI UNLI Soʻzdagi urgʻu tushgan unli.
URGʻUSIZ BO‘GʻIN Urgʻu tushmagan (urgʻu olmagan) boʻgʻin.
URGʻUSIZ UNLILAR Urgʻuli boʻgʻin oldi yoki ketidagi turli darajadagi reduksiya bilan talaffuz etiladigan unlilar.
USLUB 1. Til unsurlarining ma’lum vazifa bajarishiga bogʻliq holda birlashadigan, til birliklarining oʻzaro tanlanishy, birikishi va sh. k. bilan ajralib turuvchi tizimlar: Til uslublari. Funksional uslublar.
2. Til vositalaridan foydalanishning ma’lum bir yozuvchi, asar, janr uchun xos boʻlgan usullari majmui: Oybek uslubi. Felyetonlar uslubi.
3. Til vositalarining ekspressiv-uslubiy belgi asosida tanlanishi (saylanishi); nutqning soʻz qoʻllash va sintaksis me’yorlariga mos holda tuzilishi: Rasmiy uslub. Kitobiy uslub. Oddiy uslub. Akademik uslub.
USLUBIY BELGI Til birliginiig uslubny jnhatdan oʻziga xosligini koʻrsatuvchi belgi-alomati.
USLUBIY BO‘YOQ Soʻzning lugʻaviy ma’iosnga uslubny jihatdan qoʻshimcha tarzdagi ma’no nozikligi. Masalan, doʻndirmoq soʻziniig bajarmoq soʻzidan, ketvorgan soʻzining kelishgan soʻzidan farqli ma’no nozikligi shu soʻzlarga xos uslubiy boʻyoqdir.
USLUBIY ME’YOR Uslubiy talablarga mos holda qo‘shimcha tanlashni, soʻzlarni oʻzaro bogʻlashni belgilovchi me’yor. Masalan, oʻqimoqda, oʻqiyajak kabp shakl yasalishi umumnutqda emas, balki rasmiy nutqdagina oʻrinli boʻladi.
USLUBIY SINONIMLAR Ma’lum bir uslubga oidligi, uslubiy boʻyogʻi bilan oʻzaro farqlanadigan sinonimlar. Masalan, osmon, samo, ko‘k, falak sinonimlari.
USLUBIY TAHLIL Matnning, uning qismlarining nutq uslublaridan qaysi biriga oidligi, bu oidlikni belgilovchi omillar va shu kabilarni belgilash nuqtayi nazaridan boʻladigan tahlil.
USLUBIYAT Til birliklarining uslubiy imkoniyat va xususiyatlari, funksional-uslubiy, emotsional-ekspressiv boʻyogʻi, shuningdek, nutqda til vositalarini maqsadga muvofiq tarzda tanlash va qoʻllash haqisdagi ta’limot. Q. Uslub.
Do'stlaringiz bilan baham: |