B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet122/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

UYUSHIQ TO‘LDIRUVCHI Toʻldirilmishga bir xil ma’no hamda bir xil gram­matik aloqa usuli va vositasi bilan boglangan toʻldiruvchilar: Bu yerda nodir o‘sim­liklarni, chuqur daralarni, sirli g‘orlarni, kamyob parrandalarni, zangori yay­lovlarni uchratamiz. (A. Aminov) Azizbek bo‘lsa javohir qadalgan tojlar, oltin taxt­lar, nozanin parivashlar, dongdor mahramlar haqi­dagina o‘ylar edi. (A. Qo­diriy)
UZUAL MA’NO (lot. usus – odat, qoida) Soʻzda lugʻaviy sifatida bor, umum tomonidan qabul etilgan, umum qoʻllanishdagi ma’no. Masalan, bosh soʻzining «tananing boʻyindan yuqori qismi», «boshliq», «rahbar» ma’nolari; katta soʻzining «hajm, oʻlchami nisbatan ortiq, ulkan», «yosh jihatdan ortiq» ma’nolari uzu­al ma’nolardir. Qiyos. Okkazional ma’no.

V


VARVARIZM (yun. barbarismos). Ona tiliga oʻzlashmagan, oʻzga til hodisasi sifatida qoʻllanadigan soʻz yoki ibora. Varvarizazmlardan, odatda oʻzga yerga xos rasm-odatlarni tasvirlashda, mahalliy koloritni yaratishda foydalaniladi: madam, missis va b.: Ich madam, potom gulyatga boramiz (Oybek).
VERGUL Tinish belgilaridan biri (,). Bu belgi, masalan, quyidagi hollarda qoʻyi­ladi: a) qoʻshma gap komponentlari orasida: Kumushbibi boshlovchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ta­ral­gan atir islari bilan uy to‘ldi.(A. Qodiriy); b) undal­malarni ajratish uchun Ozod, echke­mardan qo‘rqasanmi? (M. Xidir); v) uyushiq boʻlaklarni ajratishda: Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiy­­­­­­­g‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom) va b.
VOKABULA (lot. vokabulum – soʻz). 1. Leksikologiya va leksikografiyaning oʻrganish manbai sifatidagi alohida olingan soʻz.
2. Lugʻat maqolasining bosh soʻzi.
VOKALIZM (lot. vokaliz – unli) – q. Unlilir tizimi.
VOLAPUK (volapuk < ingl. world – dunyo, speak – gapirmoq, ya’ni dunyo tili). 1880-yilda nemis katolik ruhoniysi Shleyxer tomonidan tavsiya etilgan sun’iy xal­qaro til.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling