B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet124/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

YAKKA BOGʻLOVCHI Yakka holda, takrorlanmay qoʻllanadigan bogʻ­lovchi. O‘zbek tilidagi bogʻlovchlarning asosiy qismi yakka bogʻlovchidir: va, hamda, lekin, goʻyo, holbuki. va b. Qiyos. Takrorlanuvchi bogʻlovchi.
YAKKA OT Bir turdagi predmetlarni yakka-yakka bildiruvchi ot: daraxt, nok, stul, barmoq kabi. Qiyos. Jamlovchi ot.
YARIM MAVHUM BOGʻLAMA Lugʻaviy ma’nosini tamomila yoʻqot­magan (ma’lum darajada saqlagan) bogʻlama. Masalan, hisoblanadi, deyiladi, bo‘l soʻzlari lugʻaviy ma’nolarini ma’lum dyrajada, saqlagan holda boglama vazifasida qoʻllana oladi: Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng ko‘rkam, eng tarovatli bayram sayillaridan hisoblanadi. (M. Murodov)
YASALISH Biror til (nutq) birligining ma’lum vositalar yordamida hosil qilin­ishi: So‘z yasalishi; Shakl yasalishi.
YASALMA Yasalish natijasida hosil qilingan birlik (soʻz). Masalan, suvchi soʻzida: suv – soʻz yasalish asosi, -chiyasovchi affiks, “suvchi”ning oʻzi esa yasalmadir.
YASAMA ASOS Ma’lum vositalar yordamida yasalgan va boshqa soʻzning ya­sa­lishiga asos boʻladigan asos. Masalan, terimchi soʻzining yasalishiga asos boʻlgan qism (terim) yasama asosdir.
YETAKCHI FE’L Analitik fe’l shakllarida oʻz mustaqil ma’nosini saqlovchi fe’l. Masalan, oʻqib chiqdi, ezib tashladi, bora qol, yiqilib ketdi kabi analitik shakl­larda oʻqi, ez, bor, yiqil fe’llari etakchi fe’l hisoblanadi.
YIGʻIQ BO‘LAKq. Sodda boʻlak.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling