B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHART YUKLAMALARI
- SHAXS OLMOSHLARI
- SHAXSI NOMA’LUM GAP
- SHAXSSIZ FE’L
- SHAXSI ANIQ GAP
- SHAXSLI FE’L
SHART SHAKLI Shart maylining shakli.
SHARTLI MAYL Bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli oʻzbek tilida -a(r) edi, -mas edi yordamida yasaladi va bu shakldagi fe’l bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Kun og‘gandan soʻng joʻnasang, bir manzilga yetib olarding (Gʻayratiy). SHART YUKLAMALARI Shart va toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplarda shart va toʻsiqsizlik ma’nosini ta’kidlash uchun qoʻllanuvchi yuklamalar: agar, bordi-yu, mabodo, basharti kabi: Agar suv olib kelinsa, ming yillardan beri chorva qiylari qatlam-qatlam bo‘lib ketgan bu joyda paxtadan eng baland hosil olsa bo‘ladi. (S. Ahmad) Mabodo qiynalsang, to‘g‘ri oldimga kelaver. (S. Siyoyev) SHAXS OLMOSHLARI – q. Kishilik olmoshlari. SHAXSI ANIQ GAP Ega qatnashmyaydigan, lekin harakatning bajaruvchi shaxs gapning tuzilish asosi boʻlgan kesim tomonidan aniq koʻrsatib turadigan gap: – Yo‘q, yo‘q, bobojon. Sizni xafa qilmayman. Endi asboblaringizga tegmayman. (M. Ismoiliy) SHAXSI NOMA’LUM GAP Ega qatnashmaydigan, shu bilan birga uchinchi shaxs shaklidagi fe’l-kesim bajaruvchya shaxsni aniq ifodalamaydigan gap: Joʻjani kuzda sanaydilar. (Maqol) SHAXSLI FE’L – Tuslanishli fe’l. SHAXSLI GAP 1. Kesimi tuslanishli fe’l bilan ifodalangan gap: Sendan hech sirimni yashirmayman. (A. Qahhor) 2. Egasi grammatik ifodalangan gap: Anvar boyagicha kuldi. (A. Qodiriy) SHAXSSIZ FE’L – q. Tuslanishsiz fe’l. SHAXSSIZ GAP Fahit kesim tarkibvdan iborat boʻlib, bajaruvchi shaxs ma’nosn umuman ifodalanmaydigan gap: Xurofotlarning puch, bema’ni va zararli ekanini sodda tilda tushuntirish kerak. (Oybek) SHAXS-SON KATEGORIYASI Harakatning uch shaxsdan (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzgadan) biriga oidligi ma’nosini ifodalovchi grammatik kategoriya. Bu grammatik kategoriyaning shaxs va songa koʻra quyidagi turlari va shakllari bor: I shaxs birligi va I shaxs koʻpligi: keldim keldik kabi; II shaxs birligi: kel, kelasan, kelding kabi, II shaxs koʻpligi: kelinglar, kelasanlar, keldingizlar, II shaxsning birlik va ko‘plikka betaraf shakllari: keling, kelasiz, keldingiz kabi; III shaxsning birlik va ko‘plikka betaraf shakllari: keldi, kelyapti, keladi kabi (O‘quvchi keldi – birik, O‘quvchilar keldi – ko‘plik) va III shaxs koʻpligi: kelishdi, keldilar kabi. SHAXSI ANIQ GAP Ega qatnashmyaydigan, lekin harakatning bajaruvchi shaxs gapning tuzilish asosi boʻlgan kesim tomonidan aniq koʻrsatib turadigan gap: – Yo‘q, yo‘q, bobojon. Sizni xafa qilmayman. Endi asboblaringizga tegmayman. (M. Ismoiliy) SHAXSI NOMA’LUM GAP Ega qatnashmaydigan, shu bilan birga uchinchi shaxs shaklidagi fe’l-kesim bajaruvchya shaxsni aniq ifodalamaydigan gap: Joʻjani kuzda sanaydilar. (Maqol) SHAXSLI FE’L – Tuslanishli fe’l. SHAXSLI GAP 1. Kesimi tuslanishli fe’l bilan ifodalangan gap: Sendan hech sirimni yashirmayman. (A. Qahhor) 2. Egasi grammatik ifodalangan gap: Anvar boyagicha kuldi. (A. Qodiriy) Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling