B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet135/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

CHET SOʻZLARq. Varvarizm.
CHIQISH KELISHIGI Ish-harakatning boshlanish oʻrni, manbai, sababi kabi ma’nolarni bildiruvchi kelishik. Bu kelishik shakli -dan qo‘shimchasi yordamida yasaladi: uydan (ketdi), togʻdan (keladi), quvonchdan (entikmoq) kabi.
CHIZIQCHA – ayn. Defis.
CHOGʻISHTIRMA GRAMMATIKA Qarindosh boʻlmagan tillarning gram­matik qurilishini solishtirib oʻrganuvchi grammatika. Masalan, rus va oʻzbsk til­lari­ning chogʻishtirma grammatikasi.
CHOGʻISHTIRUV BOGʻLOVCHILARI Ergash gapni bosh gapga cho­gʻish­tirish, qiyoslash mazmuni bilan bogʻlash uchun xizmat qiluvchi bogʻlov­chilar: goʻyo, goʻyoki: Tosh shu qadar silliqki, go‘yo haykaltarosh xo‘p hafsala bilan yo‘ngan. (H. Nazir)
CHUQUR TIL ORQA UNDOSHLARI Tilning eng orqa qismining faol ishti­rokida hosil boʻladigan undoshlar. Masalan, q, gʻ, x undoshlari.
CHO‘ZIQ UNLI Choʻziq (davomli) talaffuz etiladigan unlilar. Bu hodisa tur­kiy tillarning ba’zilarida, shuningdek, ba’zi oʻzbek shevalarida uchraydi. Masa­lan, turkman tilida a:ch (qorni och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va b.


BOLALAR DABIYOTI FANI TERMINLARI




A




ABETSEDARIY 1.Ispancha ABSDario, yoki AlfaBetto so‘zlaridan olingan bo‘lib, qaysi yozuv, til bo‘lmasin, o‘shandagi harflarning umumlashmasini bildiradi. 2.O‘zbek adabiyotida oʻrta asrlarda paydo boʻlgan, misralarning birinchi harfi alifbo tartibida keladigan she’r.
ABJAD Qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta so‘zning birinchisi va shartli umumiy nomi. Bu so‘zlar: abjad, havvaz, hutti, kalaman, sa’ufas, qarashat, saxxaz, zazag‘. Sharq, shu jumladan o‘zbek mumtoz adabiyotida biror muhim hodisaning sanasini esda tutishni osonlashtirish uchun sonlar harflar bilan ifodalangan. O‘zbek adabiyotida abjaddan maxfiy yozuvlar yozishda ham foyda-lanilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotida abjad hisobi 20-asr boshlarigacha qo‘llangan.
ADABIYOT (ar. adab – go‘zal xulq). Keng ma’noda inson tafakkurining mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan, o‘qish uchun mo‘ljallab yozilgan asarlar jami. Tor ma’noda – so‘z san’ati, badiiy adabiyot.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling