SHAKL YASALISHINING ANALITIK USULI Yordamchi soʻzlar vositasida shakl yasalish usuli. Masalan, ko‘rib chiqmoq, o‘sib ketmoq, onam uchun soʻz shakllari chiq, ket, uchun yordamchilari vositasida yasalmoqda.
SHAKL YASALISHINING SINTETIK USULI Qo‘shimchalar yordamida shakl yasalish usuli: kitoblar (-lar qo‘shimchasi yordamida koʻplik shakli yasalyapti), koʻrsatyapman (-sat, -yap, -man affikslari yordamida nisbat, zamon, shaxs-son shakllari yasalyapti) va b.
SHAKL YASALISH USULI Soʻz shakli yasalishining yoʻli. O‘zbek tilida soʻz shakllari quyilagi usullari bor: 1) sintetik usul (q. Shakl yasalishining sinteik usuli); 2) analitik (q. Shakl yasalishining analitik usuli).
SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHA Soʻz shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha. Masalan, -lar (daftarlar, tarvuzlar) – ko‘plik shaklini yasovchi qo‘shimcha; -di (keldi, o‘qidi) – o‘tgan zamon shaklini yasovchi qo‘shimcha.
SHART ERGASH GAP Bosh gapdan amglashilgan harakat, voqea-hodisaning yuzaga kelish shartini bildiruvchi ergash gap: Yurak baquvvat bo‘lsa, ish ham unumli bo‘ladi, kishi charchamaydi. (Uyg‘un)
SHART FE’LI Shart maylidagi fe’l.
SHART MAYLI Boshqa biror harakat bajarilishi uchun bu harakatshshg bajarilishi shart ekanini bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli -sa qo‘shimchasi yordamida yasaladi: kelsa, soʻrasa, yoqtirsa kabi. Shart maylndagi fe’l ergash gapning kesimi boʻlib keladi: Fosfor va kaliy o‘g‘itlari me’yoridagidan ortiqroq berilsa, kartoshkaning yetilishi tezlashadi. (“Fan va turmush” jurnalidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |