B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet129/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

OʻTIMLI FE’Lq. Obyektli fe’l.
OʻTIMLILIK, OBYEKTLILIK Fe’lning toʻldiruvchi bildirgan obyektga yoʻ­na­­lishini (shunday obyektga egalikni) ifodalovchn leksik-sintaktik xususiyati.
OʻTIMSIZ FE’Lq. Obyektsiz fe’l.
OʻXSHATISH SHAKLI Bir narsaning belgi, harakat jihatdan boshqa narsaga oʻxshash ekanini bpldiruvchi shakl. Bu shakl -dek, -day qo‘shimchasi yordamida yasaladi: shamolday, ipakdek kabi: Hovuzning limmo-lim suvi shishaday toza, odam­ning aksi ko‘rinadi. (H. Nazir)
Hoy, sen, jiyron toychamdek
O‘ynab-o‘ynab oqqan suv,
Dalalarga bayramdek
Guldan bezak taqqan suv. (Z. Diyor)
OʻZ SOʻZ Tilning aslida oʻziga mansub boʻlgan (boshqa tildan oʻzlashmagan), tilning oʻz qatlami asosida yasalgan soʻz: bosh, besh, qush, oʻn, oʻt, boshla, bu­gun, bogʻla, soʻzla va b.
OʻZAK TILLARayn. Amorf tillar.
OʻZGA – q. Uchinchi shaxs.
OʻZGA GAPI Oʻzga shaxsning muallif bayoniga kiritilgan gapi. Leksik-sin­taktik vositalari va berilish usullariga koʻra oʻzga gapi ikki turga boʻlinadi: 1) koʻ­chirma gap (q.); 2) o‘zlashtirma gap (q.).
OʻZLASHMA SOʻZ Oʻzga tildan qabul qilingan soʻz. Masalan, rus tilidan va rus tili orqali qabul qilingan telefon, mayka, kabinet, adres, gazeta, planeta kabi soʻzlar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling