B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet127/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI


OʻLCHOV SOʻZLARI Sanoq son bilan birga ishlatilib, mavjudotning miq­doriy oʻlchoviyai muayyanlashtiradigan soʻzlar. Masalan, dona, kilo, litr kabi: to‘rt kilo guruch, o‘n litr yog‘, uch nafar yigit, bir hovuch suv, ikki bogʻ piyoz va b.
OʻLIK TIL Qadimda qo‘llanib, shu tilda gaplashgan xalqning turli sabab bilan yo‘q bo‘lib yoki boshqa xalqqa qo‘shilib, o‘zga tilda gaplashib kеtishi natijasida istе’moldan chiqib, muomalada ishlatilmaydigan bo‘lib qolgan, bugungacha faqat yozma manba orqali yetib kеlgan til. Masalan, lotin, qadimgi hind yoki sanskrit, qadimgi slavyan, qadimgi xorazmiy, qadimgi arab, qadimgi fors, so‘g‘d tili va bosh­qalar shular jumlasidan.
OʻQUV LUGʻATI Bevosita oʻqish-oʻqitish maksadi bilan tuzilgan, maktab oʻquvchilari yoki talabalar yoki uchun moʻljallangan turli tipdagi (tarjima, izohli, terminologik va h.) lugʻatlar. Bunday lugʻatlar tanlangan leksik materialning hajmi, tanlash yoʻli, muayyan oʻquv dasturini nazarda tutishi, oʻquvchi – kitobxonlarping bilim darajaoini hisobga olishi kabi xususiyatlar bilai ajralib turadi. Masalan, F. Safarov, S. Safarovning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug‘at”i (Toshkent, “Fan”, 2012).
OʻRAM Fe’lniig funktsional shakllaridan biri va unga tobe boʻlgan mustaqil soʻzdan tashkil topgan siitaktik butunlik. Hokim qism fe’lning qanday funksional shaklidan boʻlishiga ko‘ra o‘ramning uch turi farqlanadi: sifatdosh o‘ram (q.); ravish­­­­­dosh o‘ram (q.); infinitiv o‘ram (q.).
OʻRIN BELGISI SHAKLI Otning narsa-hodisaning o‘rniga koʻra (oʻringa oid­lik) belgisini, payt ma’noli soʻzlarda esa paytga koʻra (paytga oidlik) belgisini bil­diruvchi shakli. Bu soʻz shakli oʻzbek tilida -dagi qo‘shimchasi yordamida yasaladi: uydagi, qirdagi, yozdagi kabi: Te­pa­likdagi baqate­rakdan gur etib ko‘ta­ril­gan bir to‘p qarg‘a «qa-qug‘» deganicha to‘rt tomonga uchib ketdi (A. Qahhor)

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling