B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


OʻRIN HOLI Ish-harakatning boʻlish, yoʻnalish, boshlanish oʻrnini bil­di­ruvchi hol: O‘rikzorda


Download 387.41 Kb.
bet128/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

OʻRIN HOLI Ish-harakatning boʻlish, yoʻnalish, boshlanish oʻrnini bil­di­ruvchi hol: O‘rikzorda qizil ko‘ylakli bir ayol ko‘rindi. (P. Tursun) Tog‘­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­dan sovuqqina yel esardi. (P. Tursun)
OʻRTA (O‘RTA-KENG) UNLILAR Til taiglay tomon oʻrtacha koʻtarilib, ogʻiz boʻshlivi ham oʻrtacha ochilishi bilan hosil boʻladigan unlilar: e, oʻ unlilari.
OʻTGAN ZAMON FE’LLARI Harakatning nutq paytidan oldin (nutq payti­gacha) bajarilishini bildiruvchi fe’l, fe’lning shunday ma’noli shakllari. Oʻzbek tilida oʻtgan zamon fe’lining qo‘shimchalar yordamida, shuningdek, edi toʻliqsiz fe’li yordamida yasaluvchi bir necha turi bor: oldi, olibdi, olgan; olgan edi, olar edi, olayotgan edi, olib edi (oluvdi) kabi. Bu shakllarning har biri bevosita kuzatganlik, kuzatma­ganlik, davomlilik kabi o‘ziga xos qo‘shimcha ma’nolari bilan bir-biridan farqla­nadi: Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin) Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganini ishga solibdi. Natijada so‘ri­dagi uzumlarni yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) Dehqonlar Navro‘zda dala ishlariga kirishganlar, ish hayvonlarini, asboblarini olib chiqib, yer hayday boshlaganlar. (M. Alaviya) Oyim­xon sirni baralla ochib gapira boshlagan edi, Gulsum uyal­ganidan mulo­yim ovoz bilan kuldi. (P. Tursun) Qalandarov idoraga kirib ketayotgan edi, eshikdagi katta­kon e’lonni ko‘rib to‘xtadi. (A. Qahhor) Uyimiz oldida chuchmomalar o‘sardi. Biz ularni bo‘tako‘z deb terar edik. (Sh. Xol­mirzayev)
OʻTGAN ZAMON Harakatning nutq paytidan oldin bajarilishi. Shunday hara­katni bildiruvchi fe’l «oʻtgan zamon fe’li», «oʻtgan zamon shakli» deyiladi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling