SHOVQINLI UNDOSHLAR Fahat shoahindan yoki shovqinga ovoz qoʻshilishidai hosil boʻladigan undoshlar. Sonorlardan boshha hamma undoshlar shovhinli undoshlar hatoriga kiradi. Ovozning qatnashishi yoki hatnashmaslishga koʻra shovqinli undoshlar ikki turga boʻlinadi: 1) jarangli undoshlar (q.); 2) jarangsiz undoshlar (q.).
SHTAMP (ital. shtampa – muhr) Lugʻaviy ma’nosi xiralashgan, ekspressivlik xususiyati yoʻqolgan, siyqasi chiqqan, tilda yoki nutqda oʻzgarmas qolip shakliga kelgan ifoda. Masalan, Xulosa qilib aytganda.
CH
CHAMA SON Noaniq miqdorni bildiruvchi sonlar. Miqdor sonning bu turi ikki usul bilan: affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan hosil qilinadi. Affiksatsiya usulida chama sonlar sanoq sonlarga -lab, -tacha, -larcha qo‘shimchalaridan birining qoʻshilishi bilan hosil qilinadi: o‘nlab, yuzlab, sakkiztacha, yigirma beshtacha, oʻnlarcha, minglarcha kabi. Kompozitsiya usulida chama ma’nosi sonlarni juft holda qoʻllash bilan (juft son shakli orqali) ifodalaiadi: besh-o‘n (kun), oʻn-oʻn besh (kishi) kabi.
CHAPPA LUGʻAT – q. Ters lugʻat.
CHASTOTA Lingvistik hodisaning nutqda oz-koʻp uchrashi.
CHASTOTALI LUGʻAT Soʻzlarning qoʻllanish miqdori, foizi haqida ma’lumot beruvchi lugʻat (Misol uchun qarang: И. А. Киссен: «Словарь наиболее употребительных слов современного узбекского литературного языка» Ташкент, 1972).
CHEGARA SHAKLI Otning harakat-hodisaning vaqt, masofa yoki obyekt nuqtayi nazaridaт chegarasini bildiruvchi shakli. Bu forma -gacha qo‘shimchasi yordamida yasaladi: stadiongacha, qishgacha, tizzagacha kabi: Mashhur hofiz va mashhur o‘yinchi chol o‘n kilometr masofadagi Urganchgacha poyi piyoda yo‘l oladilar. (M. Qo‘shjonov) Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab o‘rilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi. (S. Anorboyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |