B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- BADIIY OBRAZ
BBADIA Kishining diqqatini tortadigan badiiy asar. Alisher bolalik yillarida ikki tilda badialar ijod qilib shuhrat topgan. Oybek, Navoiy. BADIHA (ar. oʻylovsiz, birdaniga aytilgan chiroyli soʻz, topqirlik) Avvaldan maxsus tayyorlanmasdan, daf’atan aytilgan she’r. Biror voqeadan qattiq ta’sirlanish, mushoiralarda oʻzga shoir aytgan she’rga javoban yoki qaltis vaziyatdan hozirjavoblik bilan chiqish zarurati tufayli yaratiladi. Masalan, Boburning bir qator ruboiylari badiha tarzida yozilgan. Jumladan, Xoja Kalonning Dehlidagi uyi shiftiga bitib ketilgan “Agar sogʻ-u salomat Sind daryosidan oʻtib ilsam, yuzim qaro boʻlsin Hindni yana orzu-havas qilsam” mazmunidagi baytiga javoban Bobur “Men dagʻi badihada bir ruboiy aytib, bitib yibordim” deydi-da, quyidagi ruboiyni keltiradi: Yuz shukr de, Boburki, karimu gʻaffor, Berdi senga Sindu Hindu mulk bisyor. Issiqligʻiga gar senga yoʻqtur toqat, Sovuq yuzin koʻray desang Gʻazni bor. BADIIY OBRAZ Adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Badiiy obraz deganda borliq (undagi inson, narsa, hodisa va hokazo)ning san’atkor koʻzi bilan koʻrilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda borliqning koʻplab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni oʻzi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir. Avvalo badiiy obraz individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon boʻladi. Voqelikda har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar uning oʻzigagina xos xususiyatlar mujassamdir. Narsa-hodisaning umumiy xususiyatlariga tayanuvchi abstrakt tafakkurdan farqli oʻlaroq obrazli tafakkur uning individual xususiyatlariga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida (mas., biologiya umuman odamning fiziologik xususiyatlari haqida) soʻz yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi. Misol uchun, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasidagi shum bola obrazi oʻzida katta badiiy umumlashmani tashiydi (oʻsha davrdagi yetim bolalarning umumlashgan obrazi) va shu bilan birga u oʻquvchi tasavvurida konkret bir inson sifatida gavdalanadi. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling