TURLOVCHI QO‘SHIMCHALAR Kelish-ik shakllarini hosil qiluvchi aff-ikslar: -ni (talabani), -ning (talabaning), -ga (talabaga), -da (talabada), -dan (talabadan).
TUSHUM KELISHIGI Harakat yoʻnalgan obyektni (harakat obyektini) bildiruvchi kelishik. Bu kelishik shakli -ni affnksi yordamida yaealadi: rubobni, kitobni, yerni kabi. Tushum kelishigida ot belgili yoki belgisiz holatda boʻlishi mumkin: Kecha kitob o‘qidim (belgisiz) – Kitobni kecha oʻqidim. (belgili). Bu kelishik shaklidagi soʻz gapda vositasiz toʻldiruvchi (q.) vazifasida keladi.
TO‘SIQSIZ ERGASH GAP Mazmuni bosh gapning mazmuniga zid boʻlsa ham, bosh gapdan anglashilgan harakat-hodisaning yuz berishvga toʻsiq boʻlmayditgan harakat-hodisani bildiruvchi ergash gap: Yomgir boyagidan ancha tezlashgan bo‘lsa-da, osmon yorisha boshlagan edi. (S. Karomatov)
TO‘SIQSIZLIK HOLI Ish-harakatning roʻy berishiga toʻsiq boʻla olmaydigan harakat-hodisani bildiruvchi hol: Ular tarbiyachilarining qanchadan qancha uqtirishlariga qaramay, tushdan so‘ng g‘oyib bo‘lishgandi. (M. Xidir)
TUSLANISHLI FE’L – q. Fe’lning tuslanishli shakli.
TUSLANISHSIZ FE’L – q. Fe’lning tuslanishsiz shakli.
TUSLOVCHI QO‘SHIMCHALAR (tuslovchilar) Fe’lning shaxs-son shakllarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar. q. Tuslanish.
TO‘XTAM Turli «maqsad va vazifa bilan nutq oqimining toʻxtashi, uzilishi; pauza.
TUZILISH Tilning yoki ayrim til birliklarining (soʻzlar, gaplar va h.) qurilish tarhi: Gapning tuzilishi. Semantik tuzilish. Soʻz yasalish tuzilishi.
TUZILMA Til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlari asosida oʻzaro birikishi bilan tashkil topgan sintaktik butunlik: Koʻmakchili tuzilma. Koʻchirma gapli tuzilma.
TUSLANISH Kesim vazifasida kelgan so‘zning shaxs-son shakllarida oʻzgarishi: oʻqiyapman, oʻqiyapsan, o‘qiyapti(lar); talabaman, talabasan, (u) talaba, talabamiz, talabasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |