U
UCHINCHI SHAXS Soʻzlovchi va tinglovchidan oʻzga shaxs, suhbatda ishtirok etmayotgan shaxs. Bu ma’no quyidagicha ifodalanadi: 1) III shaxs kishilik olmoshlari bilan: u, ular; 2) egalik kategoriyasining shakllari bilan: doʻsti, uyi, ukasi; 3) shaxs-son kategoriyasining III shaxs shakllari bilan: keldi, tamomladi, biladi, ishlaydi, kelyapti kabi.
UNDOVLAR NAZARIYASI Tilning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi |qadimgi nazariyalardan biri boʻlib, bu nazariyaga koʻra, til gʻayriixtiyoriy emotsional qichqiriqlar asosida paydo boʻlgan.
UNDOSHLAR TIZIMI Tilning undosh tovushlar majmui, ularming xususiyat va munosabatlari.
UMUMLASHTIRUVCHI BOʻLAK Uyushiq boʻlaklar uchun umumiy boʻlgan tushunchani ifodalovchi, ularni umumlashtiruvchi boʻlak (soʻz yoki soʻz birikmasi): Nimrang toifi, pushtirang husayni, tillarang qirmisqa, qahrabo husayni, har donasi yong‘oqday keladigan kattaqo‘rg‘on – hammasi shig‘il pishgan. (S. Anorboyev)
UMUMIY FONETIKA Tilshunoslikning turli tillar materiali asosida nutq tovushlariniig hosil boʻlishi, urgʻuning tabiati, boʻgʻin tuzilishi, til tovush tomonining grammatik tizimiga munosabati kabi umumnazariy masalalarni oʻrganuvchi boʻlimi.
UMUMIY KATEGORIAL MA’NO – q. Kategorial ma’no.
UMUMIY LUGʻAT Soʻzligida adabiy tilning barcha koʻrinishlariga oid hamma leksik qatlamlar aks etadigan lugʻat. Bunday lugʻatlarning nomida biron jihatdan chegaralanishni koʻrsatuvchi soʻzlar boʻlmaydi. Ular oʻz vazifasiga (maqsadiga) koʻra nomlanadi: ruscha-oʻzbekcha lug‘at, izohli lugʻat, imlo lugʻati va b. Qiyos. Maxsus lugat.
UMUMIY SEMA Bir semantik maydondagi sememalarni tutashtiruvchi sema. Masalan, ota,ona, aka, uka, amaki, amma kabilardagi «qon-qarindosh» semasi; demoq, so‘zlamoq, shivirlamoq, pichirlamoq, uqtirmoq, so‘ramoq kabilardagi «gapirish» semasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |