TOVUSHLARNING ALMASHINUVI Morfema ifoda planidagi ayni bir tovushning turli holatlarda boshqa tovush bilan almashinuvi: ong-angla, yurak-yuragi kabi.
TOVUSHLARNING POZITSION O‘ZGARISHI Nutq tovushining so‘zdagi pozitsiyasiga (o‘rniga) bog‘liq holdagi o‘zgarishi: omad – omat, kitob – kitop.
TOVUSHLARNING KOMBINATOR O‘ZGARISHI Tovush oʻzgarishining tovushlarning oʻzaro ta’siri natijasida yuz beradigan turi. Q. Assimilatsiya. Metateza. Dissimilatsiya.
TOVUSHLARNING SIFATIY O‘ZGARISHI Tovushning tembriga, uning artikulyatsion va akustik xarakteristikasiga ta’sir etadigan fonetik oʻzgarish. Masalan, jaranglilashish, jarangsizlashish va b.
TRANSFORMATSIYA (lot. transformatsion – qayta tuzmoq) Asosiy sintaktik tuzilmaini til qonun-qoidalari asosida oʻzgartirib, ikkinchi bir tuzilma hosil qilish. Masalan, aniq tuzilmaning majhul tuzilmaga aylantirilishi: Qizcha she’rni oʻqidi – She’r qizcha tomonidan oʻqildi kabi.
TRANSKRIPSIYA (lot. transkripsio – koʻchirib yozuv) 1. O‘zga til so‘zi tarkibidagi tovushni ona tili alifbosi asosida yozish.
2. ayn. Fonetik transkripsiya.
TRANSLITERATSIYA (lot. tranz – orqali + litera – harf) Bir til alifbosiga oid matnni boshqa bir til alifbosidan foydalanib, yozuvda aniq aks ettirish. Bunda oʻz tilida talaffuz qilinmaydigan yoki oʻzicha talaffuz qilinadigan tovushning harfi oʻzicha saqlanadi.
TRANSPOZITSIYA (lot. transpositio – oʻrin almashtirish) Grammatik kategoriyalarning oʻziga xos boʻlmagan vazifada qoʻllanishi. Masalan, bir turkum soʻzining matnda boshqa turkum soʻzi kabi qoʻllanishi.
TUB ASOS Morfemalarga boʻlinmaydigan (yasalmagan) asos. Masalan, suvchi, daraxtzor, kechagi soʻzlarining suv, daraxt, kecha qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |