TILLARNING SHAJARAVIY TASNIFI Tillarni kelib chiqish manbaining birligi, umumiyligiga koʻra guruhlarga ajratish. Bunday umumiy manbadan kelib chiqqan tillarning katta guruhlari qarindosh tillar oilasini tashkil etadi. Masalan, hind-evropa tillari oilasi, moʻgʻul tillari oilasi, turkiy tillar oilasi va b.
TILLARNING TIPOLOGIK TASNIFI – ayn. Tillarning morfologik tasnifi.
TILLARNING QARINDOSHLIGI Tillarning bir asos tildan kelib chiqqanligi va ularning fonetik, leksik va grammatik tsurilishida bir aoos tildan kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi umumiylik, izchil mosliklariing mavjudligi.
TILNING ESTETIK VAZIFASI Tilning aloqa-aralashuvda turli his-hayajon, ta’sirchanlikii ifodalash vazifasi.
TILNING FIKR OLISHUV VAZIFASI Tilning asosiy vazifasi. Til jamoasi a’zolarning oʻzaro fikr olishuvidan iborat nutqiy aloqa vazifasi. Q. Tilning nutqiy aloqa vazifasi.
TILNING LUGʻAT TARKIBI Tildagi barcha soʻzlar majmui. Lugʻat tarkibiga asosiy lugʻat fondi ham kiradi.
TILNING NUTQIY ALOQA VAZIFASI Tilning aloqag aralashuv vositasi sifatidagi asosiy vazifasi Tilning nutqiy aloqa vazifasida ikki hodisa farqlanadi: 1) fikr olishuv (aloqa-aralashuv) vazifasi; 2) xabar vazifasi (biror mantiqiy mazmunni etkazish vazifasi).
TILNING TA’SIR ETISH VAZIFASI – ayn. Tilning estetik pazifasi.
TILNING TADRIJIY TARAQQIYOTI Tilning oʻz ichki qonuniyatlari va lisoniy omillar ta’sirida oʻzgarib borishi..
TILNING VAZIFALARI Nutqda turli maqsadlarda til vositalarining potensial xususiyatlaridan foydalanish.
TILSHUNOSLIKKA KIRISH Umumiy tilshunoslikning til haqida dastlabki ma’lumot beruvchi, tilshunoslikda qoʻllanadigan asosiy ilmiy termin va tushunchalar bilan tanishtiruvchi, tilshunoslikning asosiy qismlarini va xususiy tilshunoslikda oʻrganiladigan masalalarni oʻzlashtirish uchun nazariy asos beradigan qismi.
TILSHUNOSLIK Til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish koʻrish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va sh. k. ga koʻra tilshunoslikning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy tilshunoslik (q.); amaliy tilshunoslik (q.); xususiy tilshunoslik (q.); struktural lingvistika (q.); matematik lingvistika (q.) va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |