B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


TIL TARAQQIYOTINING ICHKI QONUNLARI


Download 387.41 Kb.
bet108/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TIL TARAQQIYOTINING ICHKI QONUNLARI Tilning oʻz tabiati aso­sida (oʻz mohiyatidan) kelib chiqadigan taraqqiyot jarayonlarini ifodalovchi qonunlar. Juda koʻp tillar uchun umumiy boʻlgan qonunlar (masalan, lugʻat tarki­bining tez, grammatik qurilishining asta-sekin oʻzgarishi va b.) bilan birga ayrim tillarning oʻzi­ga xos ichki rivojlanish qonunlari boʻladi. Masalan, oʻzbek tilida singarmonizmning yoʻqolishi, buning natijasida unlilar sonining kamayishi; -lar qo‘shimchasi vazifa doirasining kengayishi, soʻz birikmalari tuzilishida yangi turlarning paydo boʻlishi va h.
TIL UNDOSHLARI Nutq a’zolaridan tilning faol ishtiroki bilan hosil boʻladigan undoshlar. Hosil boʻlishida tilning qaysi qismi faol ishtirok etishiga koʻra undosh­larning uch turi farqlanadi: 1) til oldi undoshlari (q.); 2) til o‘rta undoshi (q.); 3) til orqa undoshlari (q.).
TIL O‘RTA UNDOSHI Til oʻrta qismining faol ishtirokida hosil boʻladigan y undoshi.
TIL USLUBLARIq. Uslub I.
TIL 1. Nutq tashkil etib, fikr, his-tuygʻu, istak kabilarni ifodalashda xizmat qila­digan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi; kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv, fikrlashuv quroli boʻlib xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa.
2. Nutqning u yoki bu uslubiy belgilari bilan ajralib turuvchi turi: So‘zlashuv tili. Gazeta tili. Adabiy til.
TILLAR OILASI O‘zaro oʻxshashliklari kelib chiqish asosiyligi umumiyligi bi­lan izohlanadigan tillar guruhi (til shoxobchasi): Turkiy tillar oilasi.
TILLARNING MORFOLOGIK TASNIFI Tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishga koʻra guruhlarga ajratish. Bu tasnifga koʻra tillarning quyidagi turlari ajratiladi: 1) amorf tillar (q.); 2) agglyutiiativ tillar (q.); 3) flektiv tillar (q.) 4) polisintetik tillar (q.).
TILLARNING CHATISHUVI O‘zaro ta’sir etuvchi ikki tildan birining gʻolib chiqishi va ikkinchi tilning esa gʻolib tilda biror fonetik, leksik, sintaktik izlar qol­dirishi. Masalan, kelt tili bilan frank tili.
TILLARNING GENEOLOGIK TASNIFIq. Tillarning shajaraviy tasnifi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling