B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet105/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TARZ HOLI (RAVISH HOLI) Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildiruvchi hol: Otabek shoshib tokchadan xitoyi norin tovoqni oldi. (A. Qodiriy)
TARZ RAVISHI Ish-harakatning bajarilish usulini, qay tarzda yuz berishini bil­diruvchi ravish: birdan, asta, toʻsatdan kabi: Ammo do‘stingdan yaqin bir oda­mingdan to‘satdan shun­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­day gap eshitish menga albatta og‘ir. (P. Tursun)
TASHQI FAKTORLARayn. Nolisoniy omillar.
TASHQI NUTQ Haqiqiy ma’nodagi nutq, ya’ni tovush ifodasiga ega boʻlgan nutq.
TAVSIFIY FONETIKA Tilning tovush tomonini tavsifiy planda oʻrga­nuvchi fonetika.
TAVSIFIY GRAMMATIKA Grammatik hodisalarni – soʻz shakli, ma’no­si va boshqa grammatik birliklarni tavsiflovchi grammatika.
TAVSIFIY LEKSIKOLOGIYA Soʻzning ma’nosi, uslubiy tavsifi, lugʻat tar­ki­bining hajm va tuzilishi kabi masalalarni tavsifiy plaida oʻrganuvchi leksi­kologiya.
TAVSIFIY LINGVISTIKA Tilning holatini tavsifiy planda oʻrganuvchi ling­vistika.
TAVTOLOGIYA (yun. tavtologiye + 1ogos – soʻz) Bir fikr (mazmun)ni boshqa soʻz yoki soʻzlar bilan takroran ortiqcha ifodalash, soʻzni ortiqcha ishla­tish. Masa­lan, gapirmoq oʻrnida gap gapirmoq, tepmoq oʻrnida oyoq bilan tepmoq deb qoʻllash tavtologiya hisoblanadi, chunki gap, oyoq bilan qismlari yangi informatsiya bermaydi (gapirmoq, tepmoq soʻzlarndagi informatsiyani tak­ror­laydi).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling