SOʻZ YASASH USULI Soʻzning qanday birlik yordamida yasalishi, yasalish yoʻli. O‘zbek tilida yasama soʻzlar soʻz yasalish asosiga soʻz yasovchi formantni qoʻshish yoʻli (usuli) bilan hosil, qilinadi.
SINTAKTIK MUNOSABAT Soʻz birikmasi tarkibiy qismlari va gap boʻlaklari orasidagi munosabat. Soʻz birikmasida bunday munosabatlarning quyidagi turlari farqlanadi: 1) atributiv munosabat (q.); 2) obyektli munosabat (q.); 3) relyativ munosabat (q.). Gapda esa, bulardan tashqari, predikativ munosabat (q.) ham boʻladi. Sintaktik munosabatlar quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi: 1) affikslar (q.) 2) yordamchi soʻzlar (q.); 3) soʻz tartibi (q.); 4) intonatsiya (q.).
SINTETIK TILLAR (yun. sintetikoz – biriktirilgan, qoʻshilgan) Grammatik ma’nolar (gapda soʻzlarning oʻzaro munosabatni) shakl yasovchi qo‘shimchalar vositasida ifodalanadigan tillar. Masalan, rus va nemis tillari sintetik tillar jumlasidandir.
SIFAT Predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u rang, maza-ta’m, hajm, xususiyat va shu kabilarni bildiradi: qizil, shirin, keng, sevimli, qudratli va b.
SIFATDOSH OBOROT – q. Sifatdosh oʻram.
SIFATDOSH O‘RAM Bosh soʻzi sifatdosh shaklidagi soʻz bilan ifodalangan oʻram: Yigitlar, go‘yo karamzor boshidagi daraxtlarda tinmay sayrayotgan bulbulga quloq solayotgandek, jim qolishdi. (P. Tursun)
SIFATDOSH Fe’lning sifatga xos vazifaga xoslangan, predmet belgisini koʻrsatuvchi vazifa shakli: kelgan (kishi), gapirayotgan (oʻquvchi), keladigan (mehmonlar) kabi: Qamalgan tutun juda sekin tarqalmoqda edi. (Oybek) Qishloqning o‘rtasidan shiddat bilan oqayotgan soy tinimsiz shovullaydi. (T. Rasulov) Endi, mehmonlar, aybga buyurmaysizlar, mening qiladigan ishim, boradigan yerim ko‘p.(A. Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |