Xush kelding bahor


Download 25.82 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi25.82 Kb.
#1358206
Bog'liq
“Xush kelding bahor” mavzuida Bahor fasli tarixi 8 mart – Xotin (2)

Xush kelding bahor” mavzuida Bahor fasli tarixi.



Odamzotning yuragi garchand mushtdekkina bo’lsada, dunyodagi jamiyki quvonchu - tashvishlarni o’zida sig’dira olish qudratiga ega. Shuning bilan birga har doim behalovat harakatlanadi. Biz hayotning baxtli lahzalaridan quvonganimizda, shubhasiz jajji yuragimiz xursand bo’lib, uning urishlarida ham o’zgacha jo’shqinlik va shijoaatni his etamiz. Аksincha, turmush faqatgina quvonchlardan tashkil topmaganidek, ba'zida katta-kichik tashvishlardan charchaganimizda yoki kimdandir ko’nglimizga og’ir botadigan gaplarni eshitsak qalbimiz xufton bo’lib, beixtiyor yuragimizning avvalgi dadil harakatlari susayib, o’zimizdagi tushkunlik kayfiyati yuragimizga ham ko’chadi.
Аna shunday damlarda biroz fursat topib, onamizdek aziz va mehribon bo’lgan tabiat bag’rida bo’lishning o’zgacha gashti bor. Ko’kka bo’y cho’zib turgan azim chinorlar, sovuqlardan bezib, bahorga talpinayotgan gulu-rayxonlar, sho’x-shodon sayrayotgan qushlarning ovozlari beixtiyor ko’ngillarimizga iliqlik baxsh etadi.
Bahor. Uning qutlug’ tashrifini intiqlik bilan sog’inib, yaxshi tilaklarni dillariga jo etib qarshi olmagan insonning o’zi bo’lmasa kerak. Аyniqsa, ko’klam qiru-adirliklarga o’zining yam-yashil libosini tashlaganida ko’zlarimiz oldida baxmalsoyning manzaralar gavdalanadi. Shunda beixtiyor, yana bahor keldi, seni so’roqlab degan mashhur misralar ko’nglimizni band etadi. Ha, bu yil ham ko’klamning nafasi dillarimizga o’zgacha bir fayzu-tarovvat olib kirishga shaylanmoqda. Yana bizlarni sog’inib, sog’intirib Bahor kelmoqda....
Аytish joizki, jonajon yurtimizga bu yilgi bahorning kelishi judayam fayzli, tarovvatli lahzalarni hadya etadi. Xalqimizning ko’tarinki kayfiyatiga mos ravishda bahor fasli ham o’zining mehrga to’la yomg’irlari va mo’tadil havolarini darig’ tutmaydi .
Bahorning tashrifi esa, xotin-qizlar bayramga hamohang tarzda nishollanadi. Shuning uchun ham Bahor va Аyol so’zlari yonma-yon yoziladi. Ular bir-birlarini ma'nan to’ldiradilar.
 O'lkamda bahorning ilk kunlari, boshlanishi bilanoq qushlarning sayrashi hamma joyni tutib, ketadi. Bu bilan bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi, uyg'onish davri hisoblanadi. Qishda uyquga ketgan hayvonlar, bahorda uyg'onishadi. Yani uyg'onish, yangi sahifani boshlanishi, yo'lning boshi boshlanish davriga kiradi. Bahor oylari uchta bo'lib, mart, aprel, may kiradi. Juda oz bo'lsada, o'zida xalqimizning milliy bayramlarini mujjasam etgan. Har bir xalqning o'z milliy bayrami bo'lgani singari bizning ham milliyligi ufurib turgan milliyligimizni aks etgan bayramlarimiz bor. Ular sakkizinchi mart xotin qizlar bayramiz, navro'z umumxalq bayrami,va yana bir qancha bayramlarni o'z ichiga oladi.
8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatini targ'ib etishga qaratilgan “Ayol borki, olam munavvar”, “Jannat onalar oyog'i ostida”.

Yurtimizda ayolni e’zozlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bevosita mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy-siyosiy xayotimizdagi faollik darajasi, eng muhimi, ertangi kunimiz egalari bo‘lmish sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishdagi hayotiy vazifasi izchil belgilab berilgan.


Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatimizning barcha jabhalarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, fermerlik sohalarida samarali faoliyat olib bormoqda. Zukko qizlarimiz, fozila ayollarimiz esa fan, san’at, madaniyat va sportda yuqori marralarni zabt etishayapti. Quvonarlisi, xotin-qizlar og‘irini engil qilish, ularning hayot sharoitini yaxshilash, oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash joriy yilda ham ustuvor vazifalardan etib belgilandi. SHu bois, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish orqali ularni ishga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Ayollarga izzat-ikrom ko‘rsatish, uni ardoqlash, og‘irini yengil qilish millatimizga xos fazilat va bu ming yillik qadriyatlarimizning tayanch ustunlaridan biri sanaladi. Zero, oiladagi totuvlik, jamiyatdagi barqarorlik, yurtdagi osoyishtalikni saqlab turishda ham ayol zotining o‘rni bor.
Bugungi kun ayoli nafaqat ijtimoiy - iqtisodiy, balki siyosiy jarayonlarda ham ishtirok etish va o‘zi so‘zini ayta olish imkoniga ega.
Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat ayol ona, ayol rafiqa, ayol singil. Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar uning bilan oila vatan xonadon oboddir. Yangilanish, yosharish, bahor faslining ilk bayrami aynan ayollarga atalgani bejis emas albatta. Ayol- bu sadoqatli yor ko’ngillarga zavq-shavq bag’ishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibo-hayoni o’zida mujassam etgan bir xilqat…
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning yurtimiz siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan etib belgilandi. Ayol! Bu muqaddas so`zni har bir inson tilga olarkan, dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qiyinchiliklarni yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim rad etolmaydi. Ayolning oiladagi o`rni haqida qancha gapirsak ham shuchalar oz deb o`ylayman. Oila bir kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi. Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu kabi e`zozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir. Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tirish shart emas. Ne- ne azob-u uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Barchinoy kabi buyuk siymolarning timsoli hali-hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib-tarab, o`qishga, ishga kuzatadigan ham onadir. Bir qo`lida ketmon, bir qo`lida tesha ushlab tong saharlardan to kun botguncha dalada qolib ketgan, yana shuncha ishlar ozlik qilganday farzand tarbiyasiyu, turmush o`rtog`ining kechki yeguliklarini hamda uning barcha injiqliklarini o`z o`rnida hal etguvchiham bu o`zbek ayoli. Eh-he ayol dunyoni larzaga solguvchi, qalblarni to`lqinlartiruvchi, olamni hayratga soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham o`zbek ayoliga xos-u mos xususiyatlardir.
Ayolni hamisha boshimizda ko’taramiz. Ayol o’zidan yaxshi iz qoldirishni o’ylaydi. Ayol xushfe`l va hushmuomala insondir. Ayol farzandlari mehr bilan boqib, voyaga yetkazadi. O’z suti orqali mehrini beradi. Ayol- bu to’rt harfdan iborat so’z bo’lib, uning zamirida qanchadan – qancha ma’no bor. Ayollarni qancha maqtasak ham baribir oz. Ayollarga teng keladigan zot yo’q. Ayol mo’tabar va munis insondir Ayolning ta’rif –u tasnifi yo’qdek. Hozirgi kunda ayollar yurtimizda , jamiyatda va oilada katta ro’l o’ynaydi. Xalqimiz tabri bilan aytganda- “Ayol bir bir qo’lida beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi”- deganlari rost ekan. Ayol deganda bizning ko’z oilamizga onamiz, ustozlarimiz namoyon bo’ladi.
Ayol bu so’z zamirida olam olam ma’no bor ,,ayol borki olam munavvar’’ bu so’z bejizga ishlatilmaydi negaki jamiyatimizni ularsiz tassavur eta olmaymiz,hozirgi davr ayoli bilan o’tgan davrni ayollarini taqqoslaydigan bo’lsak yer bilan osmoncha farq bor. Hozirgi ayyolarimiz intiluvchan talabchan va ishbilarmondirlar ularni xar bir sohada uchratishimiz mumkin prezidentimiz ularga keng yo’llar ochib bermoqda ilgari ayollarimiz faqat uy ro’zg’or ishlari bilan band bo’lganlar uyda o’tirib farzandlari tarbiyasi bilan shug’ullanishgan uyda erkak ustunlik qilgan faqat ular ishlashgan xozir esa ayniqsa qishloq ayollarini fermerlik qilishayotganini ko’rib albatta diling yayraydi, qishloq ayollarini faqat uy ro’zg’or ishlari band bo’lib qolmasdan ular ham jamiyatimizga salmog’li hissa qo’shyabdilar shu bilan birga albatta uy ishlariga ham ulgurishyabdi. Bu boradagi qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, avvalo, xotin-qizlarimizning o‘z qadr-qimmatini yanada chuqurroq his etishi, ijtimoiy-siyosiy hayotda, kundalik turmushimizda munosib o‘rinni egallashiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilayotir.
– Yurtimizda qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biz berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, istiqlol bergan ne’matlarni asrab-avaylash, ularning qadriga yetish, shu yurt koriga yaraydigan farzandlar bo‘lib yetishish, Vatanimiz va ustozlarimizning bildirgan ishonchini hamisha oqlashga harakat qilamiz. 
Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi. Go’zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg’unlashib ketadi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami go’zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, xayot go’zal va maftunkor. Ayol azaldan mehr-muhabbat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi.
Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz.
Ona, ayol haqida so‘z aytishdan oldin Alisher Navoiy hazratlarining ushbu o‘lmas satrlarini eslamoq joizdir: 
Onalarning oyog‘i ostidadur,
Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang
Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i...
Bolaligimizda, aniqrog‘i esimizni taniy boshlagan kezlarda bizga: "Onangni yaxshi ko‘rasanmi yoki otangni yaxshi ko‘rasanmi?", deb paydar-pay savol berishadi. Va tabiiyki, ko‘pchilik, “onamni”, deb javob beradi. Bu aslo otamni yomon ko‘raman, degani emas. Aksincha, bu onaga bo‘lgan mehr-muhabbatning yuksak ramzi, onaga bo‘lgan samimiyatning bebaho izhori ekanligini otalarimiz ham tushunadi. Onalarimizni yaxshi ko‘rishimiz, ardog‘lashimiz va hurmat qilishimiz otalarimizga hech mahal og‘ir botmaydi. Chunki, otalarimizning ham onalari bor. Ular ham o‘z onalarini bizday qadrlab, bizday yaxshi ko‘rib biz kabi hurmat qilishiga ishonamiz.
Darhaqiqat, bu tabarruk so‘zni aytish yoki eshitish bilan yuragimizda bexosdan cheksiz mehr paydo bo‘ladi. Har safar vujudimizda onaning munis va mehribon siymosi aks eta boshlaydi. Tomirlarimizda samimiyat va yaxshilik daryoday jo‘sh uradi. Ona, deyish bilan tilimiz ham, dilimiz ham beqiyos insoniy mehr-muhabbatga, ezgulikka to‘lib-toshib boraveradi.
Onani e’zozlash, qadr-qimmatini o‘rniga qo‘yib, boshga toj kabi ko‘tarish bizlarga ota-bobolardan merosdir.
Bir buyuk inson aytganidek: “Bu olamda ulug‘ zot kim, desang, shubhasiz doim onam deyman”.
Ona ulug‘ zot bo‘lish bilan birga, o‘zida hayratli mo‘jizalarni mujassam etgan sir-sinoatlarga boy insondir. Masalan, go‘dak chinqirab yig‘layapti. Uni atrofidagilar qancha harakat qilmasin tinchlantirolmayaptilar. Bola na aldovga, na do‘qqa ko‘nadi. Yumushlardan bo‘shagan onasi uni darhol bag‘riga bosadi. Go‘dak ona isini olishi bilan tinchiydi. Yana bir holat: bola kasal, issig‘i baland, bir ahvolda yotibdi. Unga doktorning dori-darmonlari ham unchalik kor qilmayapti. Shunda ona alahsirayotgan farzandining peshonasiga mehr bilan haroratli kaftini qo‘yadi. Bir pastdan so‘ng bola orom ola boshlaydi. Ona bilan bog‘liq bunday hayratli misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Ona shu qadar ulug‘ zotki, u ko‘zga ko‘rinmas ulkan kuch bilan, mehr-muhabbat bilan faqat farzandlarini, yaqinlarini emas, balki butun boshli insoniyatni bag‘riga bosib, dardiga darmon bo‘la oladi.
Ona hamisha o‘zida beqiyos kuch-qudrat topa oladigan noyob qudrat egasidir. Tarix sahifalaridan yaxshi bilamizki, onalar eng og‘ir va qiyin davrlarda ham, qatag‘on va qahatchilik yillaridan ham metin irodali va mehribon, jasoratli va samimiy, dovyurak va mehnatkash bo‘lib, avvalo, jonidan ham aziz farzandlarini, tug‘ilib o‘sgan Vatanini asrab qolish uchun hayotini fido qilishdan aslo qaytmaganlar.
Bunday ulug‘ onalar xotirasi oldida bosh egib, ularning ruhlariga hamisha duolar qilish insoniy burchimizdir.
Odam bolasi ona tufayli bu yorug‘ jahonni ko‘rish baxtiga muyassar va musharraf bo‘ladi. Ona tufayli bu hayotning barcha lazzatlaridan bahramand bo‘ladi. Ona tufayli dunyoning zavq-shavqiga, quvonchlariga ko‘milib yuradi. Ona tufayli baxt-iqbolga erishadi. Ona tufayli umrini yaxshiliklarga, ezguliklarga, fidoyi ishlarga safarbar etadi. Ona tufayli umrini yaxshi va ezgu amallar bilan bezaydi.
Har bir farzand, xoh u o‘g‘il bo‘lsin, xoh u qiz bo‘lsin eng avvalo, onasini rozi qilishga intilishi lozim.
Ona baxti – farzandlar baxti, oila baxti, jamiyat baxtidir. Ona bu bebaho baxtni hech kimga, hech nimaga alishmaydi.
Dunyoda qancha millat bo‘lsa uning shuncha onasi bor. Har bir millat farzandi o‘z onasini yaxshi ko‘rmasligi, qadrlamasligi va hurmat qilmasligi aslo mumkin emas. Ona Afrikada ham, Amerika va Hindistonda ham, Osiyo, Yevropa va Antarktidada ham onadir. Ona ulug‘ va bebaho zot sifatida har joyda, har mamlakat va millatda beqiyos darajada e’zozlanadi. Rang-ro‘yidan, urf-odatidan, turmush-tarzidan qat’iy nazar ona ulug‘ zotligicha qoladi. Jumladan, biz, o‘zbeklarda ham. Onamiz, onajonimiz, porlab turgan quyoshimiz, to‘lin oyimiz, charaqlab turgan yulduzimiz. U bizning – jonajonimiz. Dunyo xalqlari ichida onalarni sevish, qadrlash va ulug‘lash borasida o‘zbeklar hamisha eng oldingi saflarda borayotgani, boshqa millatlarga o‘rnak bo‘layotgani kishiga faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Bu ajoyib va bebaho fazilatimiz bilan har qancha g‘ururlansak, faxrlansak arziydi.


Download 25.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling