Umrini ziyo-la ulashib borar, Ilhaq tunlarimga umid osgancha
Download 55.5 Kb.
|
She'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’zga ko’ringan kuz
*** Umrini ziyo-la ulashib borar, Ilhaq tunlarimga umid osgancha. Ko’ngildek titraydi, lahzalar aro Qo’rquv yo’llarini mag’rur bosgancha.
Har bir daqiqada cho’kadi g’amdan. Hayot falsafasin yaratdim shu on Ezgulik nuriga fidoi shamdan… Ko’zga ko’ringan kuz O’rta yoshni sekin orqalab borliq, Sarg’ish tusli ro’mol o’raydi boshga. Hovli chetidagi ko’chma ayvonning Bag’rini to’latib, to’kilar toshga. Oltin kuzning bag’ri, birdan o’t olib, Yashil bargchalarga tashladi olov. Asta etak tutdi, sho’x yomg’irlarga, Atrof oltindayin tovlanar lov-lov. Kuz, o’z nomi bilan olamni bezar, Ko’ngilga qadalib quchar nigohni. Intizor ko’zlarni visolga bog’lab, Chiroq-la kuldirdi ko’kdagi mohni. Titragan shoxlarni tark etar barglar Vidolashuv kuyiga jo’r bo’lar shamol. Yoshlarga ko’milar tunda tabiat Tong tomchiga qarab suradi hayol... Ajib sinoat Sarxush shamollarning ko’zlarida nam, Osmonning ostida titraydi gullar. Samoga qadalgan oyna darz ketar, Qochoq tun ko’zini tutar ovullar. Horg’in cho’kkalaydi charchagan kunduz, Tilimlab yurakni sadafday terdi. Ul umid uchquni ko’kni bezatib, Bulut parchasini yuzini kerdi. Bir chetda hayolga ko’milgancha oy, Siyrak sochlarini yoyar olamga. Tamshangan sukunat odimlar ildam Qog’ozim intiqdir tanti qalamga. Tamshangan sukunat odimlar ildam, Sirli sinoatni ilg’amas odam... Kuzning mahbubi
Holsiz maysalarni sochi to’zargan. Qushlarning suhbati kamaydi ancha, Keksaygan daraxtning yuzi qizargan. Mastlikka ko’milib yotibdi borliq, Qo’lida qadahning nur siniqlari. Ko’ksiga to’kilgan bodadan ko’klam, Sarg’ishga bo’yandi yuz chandiqlari. Kechikkan daraxtning ko’ksida hosil...
Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling