B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet93/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SINONIM TUZILMALARayn. Sintaktik sinonimlar.
SINONIMIK QATOR O‘zaro sinonim boʻlgan soʻzlar gu ruhi. Masalan, osmon, samo, ko‘k, falak, gardun soʻzlari bir sinonimik qatorni tashkil etadi.
SINONIMIK UYAayn. Sinonimik qator.
SINONIMIKA 1. Tilshunoslikning sinonimlarni oʻrganuvchi boʻlimi.
2. Biror tilning sinonimlari majmui. O‘zbek tili sinonimikasi.
3. ayn. Sinonimiya.
SINONIMIYA (yun. synonimia – bir xil nomga egalik) Til birliklarining (soʻzlar, iboralar va b.) bir xil denotativ ma’noga ega boʻlishi, ma’nodoshligi: Leksik sinonimiya. Frazeologik sinonimiya. Affiksalal sino­nimiya. Sintaktik sinonimiya.
SINONIMLAR (yun. synonimoz – bir nomli) Bir umumiy ma’noga ega boʻlgan (denotativ ma’nosi bir xil), qoʻshimcha ma’no ottenkasi, uslubiy boʻyogʻi, qoʻl­lanish xususiyati va sh.k. belgilari bilan farqlanadigan soʻzlar. Masalan, xursandlik, sevinch, quvonch, shodlik, surur, farah sinonimlari bir xil ma’noga ega boʻlish bilan birga, turli jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega.
SINONIMLAR LUGʻATI Soʻzligi sinonimlardan iborat boʻlgan, shu sinonim­larni tavsiflaydigan lug‘at. (q. A. Hojiev, «O‘zbek tili sinonim­larining izohli lugʻati», Toshkent, 1974).
SINTAGMA (yun. sintagma – birlashgan narsa) Nutqning mazmun va ritmo-melodik jihatdan bir butunlikni tashkil etuvchi semantik-sintaktik birligi. Sintagma bir yoki undan ortiq soʻzdan iborat boʻlishi, hatto gapga teng boʻlishi mumkin: Jamoamiz/paxta planini/ muddatidan ilgari/ oshirib bajaradi.
SINTAGMATIKA Til birliklarini nutq zanjiridagi unsurlar sifatida tekshirish aspekti.
SINTAKTIK BOGʻLI SOʻZ BIRIKMASI Sintaktik tahlilda kompo­nentlari ajratilmagan holda bir sintaktik boʻlak deb olinadigan, ichki bogʻlanishi nuqtayi nazaridan esa sintaktik komponentlarga ajratiladigan soʻz birikmasi. Masalan, besh qavatli (bino) kabi tuzilmalar.
SINTAKTIK KATEGORIYA Asosida yotuvchi ma’nosiga koʻra birlashib, sintaktik munosabatni koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi shakllar. Masalan, kelishik kategoriyasi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling