B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet89/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SANASH INTONATSIYASI Ketma-ket keluvchi qismlarni aytishda qoʻllana­digan intonatsiya (notugal intonatsiyaning bir koʻrinishi). Masalan, Narigi qirg‘oq­dagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiy­g‘os gullab yotibdi. (H. G‘u­lom)
SANOQ SON Predmetning sanogʻini bildiruvchi miqdor sonlar: bir, ikki, besh, toʻqqiz kabi.
SAHNA NUTQI Badiiy asar tilining aktyorlar tomonidan sahna, ekran va radioeshittirishdagi ifodalanishi.
SEGMENT (lot. segmentious – qirqim, boʻlak) Nutqning fonetik jihatdan boʻlaklarga boʻlinishi (segmentlanish) natijasnda hosil boʻlgan boʻlak. Masalan, fraza, takt, boʻgʻin.
SEGMENTLANISH Nutqning fonetik jihatdan boʻlaklarga (segment­larga) boʻ­li­nishi.
SEMA (yun. sema – belgi) Leksik ma’no (semema)ni tashkil toptiruvchi kompo­nent (qism)lar. Masalan, atrof leksemasining ma’nosi (sememasi) «hamma» va «tomon» semalaridan iborat. Ma’lum leksik-semantik guruhga oid sememalardagi semalar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra ikki asosiy turga boʻlinadi: 1) umumiy sema (q.);2) farq­lovchi sema (q.)
SEMANTEMAayn. Leksik ma’no.
SEMANTIK KALKA O‘zga tilga oid soʻz bi ma’noni oʻzlashtirish natijasida oʻz tilidagi soʻzga shu ma’noning berilishi. Masalan, yoʻldosh soʻzining yer yo‘l­doshi birikmasidagi ma’nosi, gʻildirak soʻzining tarix g‘ildiragi birikma­sidagi ma’nosi, oqim soʻzining siyosiy oqim birikmasidagi ma’nosi, semantik kalka nati­jasida hosil boʻlgan ma’nolardir.
SEMANTIK MAYDON Ma’lum bir arxisema asosida birlashuvchi soʻz va iboralar majmui. Masalan, vaqt semantik maydoni. Bu semantik maydon yil, oy, hafta, kun va sh.k. leksik, frazeologik birliklardan tashkil topadi.
SEMANTIK SOʻZ Semasiologiyaning oʻrganish obyekti sifatidagi soʻz.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling