B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


PROSODIYA (yun. prosodia – naqarot, urgʻu) Nutqning ton balandligi, davom­liligi kabi ritmik-intonatsion tomonlariga berilgan umumiy nom. PROTEZA


Download 387.41 Kb.
bet82/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

PROSODIYA (yun. prosodia – naqarot, urgʻu) Nutqning ton balandligi, davom­liligi kabi ritmik-intonatsion tomonlariga berilgan umumiy nom.
PROTEZA (yun. prothesis – oldida turuvchi) Ma’lum talaffuz qulayligi uchun soʻzning boshida tovush orttirilishi (tovush paydo boʻlishi). Masa­lan, stol – ustol, shkaf – ishkof, stakan – istakon kabi.
PSIXOLINGVISTIKA Tilshunoslikning nutq faoliyatini nutq akti mazmuni bilan soʻzlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan oʻrga­nuvchi sohasi. Psixologiya bilan lingvistikaning sintezi sifa­tida yuzaga kelgan bu soha nutqni idrok etish, tilni egallash kabi masa­lalarni oʻrganadi.
PUBLITSISTIK USLUB Funksional uslubning bir turi boʻlib, u ijti­moiy-siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi bilan, janrlarning xilma-xil­ligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-ba­rang­ligi va shu kabi belgilari bilan xarakterlanadi. Publitsistik uslub ijti­moiy-siyosiy adabiyotda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlis­lardagi nutq va sh. k. larda oʻz ifodasini topadi.
PUNKTUATSION TAHLIL Gapda tinish belgilarining punktuatsiya qoi­da­la­riga mos holda yo unga zid holda ishlatilganligi, shuningdek, punk­tu­atsiya qoidalari talab etadigan u yoki bu tinish belgisining qoʻllan­maganligini belgilash nuqtayi na­za­­­ridan boʻladigan tahlil.
PUNKTUATSIYA (lot. punktuation < punktum – nuqta). 1. Tinish belgi­larini qoʻllash qoidalari toʻplami: O‘zbek punktuatsiyasi.
2. Matnda tinish belgilarining qo‘yilishi: Abdulla Qahhor asarlari punktu­atsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling