B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet88/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

REDUKSIYALANGAN UNLI Reduksiyaga uchragan unli; juda aniq artiku­lat­­­siyaga ega boʻlmagan, choʻziqlik, miqdor va sifat nuqtayi nazaridan kuchsizlangan (pasaygan) unli. Masalan, necha soʻroq olmoshi oxiridagi a bir qator shevalarda qisqa i (’) tarzida talaffuz etiladi: nechch’ kabi.
REFERENT (lot. referentio – xabar beruvchi) Til birligi ifodalaydigan tushun­cha, fikr predmeti.
REGRESSIV ASSIMILATSIYA Keyingi tovush ta’siri bilan oldingi tovush oʻzgarib, u bilan oʻxshashlik kasb etishi: tussiz (tuzsiz), yigichcha (yigitcha) kabi.
REMA Gapning aktual boʻlinishida temadan keyin yangi xabarni bildi­ra­digan qism: Onasi yana allanimalar dedi. (O‘. Hoshimov) Yer sathi – to‘piq bo‘yi maysazor. (U. Nazarov)
REPLIKA (fran. replique) Dialogik nutqda har bir suhbatdoshning gapi.
RITORIK SOʻROQ GAP O‘zida tasdiq yoki inkor mazmuni boʻlgan, ting­lovchidan javob talab qilmaydigan soʻroq gap: Hoy, aylanay o‘g‘rigina bo­lam, boshimda shunday musibat tur­gan-da ko‘zim­ga uyqu keladimi? (G‘. G‘ulom) Hissiz qalblarga bor­liq va go‘zallik ruhi qanday singishi mumkin? (I. Haqqul)
RITORIKA (yun. rhetorike) Notiqlik san’ati nazariyasi va notiqlik san’ati haqi­dagi fan.

S
SO‘Z YASOVCHI FORMANT Yangi soʻz hosil qiluvchi birlik, soʻz yasalishi birligi. Formant qo‘shimcha, affiksoid yoki yordamchi soʻzga teng boʻlishi mumkin: ishchi (-chi – qo‘shimcha), ishxona (-xona – affik­soid), tasdiq qilmoq (qil – yordamchi fe’l).
SABAB_BOGʻLOVCHILARI'>SABAB BOGʻLOVCHILARI Ergash gapni bosh gapga sabab, natija kabi mazmun bilan bogʻlash uchun xizmat qiladigan bog‘lovchilar: chunki, shuning uchun kabi: Yaxshi so‘zlashni odat qil, chunki tili shirin odamning do‘sti ko‘p bo‘ladi. (Hadis) Biz tabiatni muhofaza qilishga yetarli e’tibor bermadik, shuning uchun ba’zi qushlar va hayvonlar kam­­­­­­­­­­yob bo‘lib qoldi.
SABAB ERGASH GAP Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisa­ning yuzaga kelish sababini bildiruvchi ergash gap: O‘qituvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki yosh avlod undan ibrat oladi. (R. Us­mo­nov) Bolalar chana uchishgan bo‘lsa kerak, anhor ustidagi ko‘prik yaxmalak bo‘lib ketibdi. (H. G‘u­lom)
SABAB HOLI Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hol: Tutgan o‘rni va murakkab relyefi tufayli O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari ham har xil.
SABAB RAVISHI Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi ravish: noiloj, chorasizlikdan kabi: Sabr kosasi to‘lib ketgan qiz noiloj yorilishga majbur bo‘ldi. (J. Ab­dul­laxonov)

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling