NUTQ SUR’ATI Nutq oqimining tez-sekinligi va nutq parchalari orasidagi pauza (toʻxtam).
NUTQ TEMBRI Nutqqa emotsional-ekspressiv ottenka beruvchi tovush ohangi.
NUTQ TOVUSHI Nutq a’zolarining artikulyatsiyasi bilan hosil boʻluvchi eng kichik nutq birligi.
NUTQ USLUBLARI Til uslublarining nutqning muayyan koʻrinishlarida namoyon boʻlishi.
NUTQ 1. Tilning amaliyot shakli, voqealanishi; soʻzlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan hodisa.
2. Nutqning kommunikatsiya shakli va sharoitiga qarab leksik va grammatik vositalardan muvofig‘ini tanlab ishlatish bilan xarakterlanuvchi turi: Rasmiy nutq. So‘zlashuv nutqi.
NUTQNING FONETIK BIRLIKLARI Ritmik-intonatsion jihatdan nutq oqimining tabiiy va muayyan qonuniyatlar asosida ajraladigan qismlari.
Ritmik-intonatsion jihatdan nutq turli hajmdagi bo‘laklarga ajratiladi: 1) fraza (q.); 2) takt (q.), 3) fonetik so‘z (q.), 4) bo‘g‘in (q.), 5) tovush (q.).
NOMLOVCHI MA’NO Voqelik bilai bevosita bogʻlanadigan, predmet, belgi, harakatning atamasi boʻlib xizmat qiladigan ma’no. Masalan, olma soʻzining «meva turlaridan biri» ma’nosi, sakramoq soʻzining «yuqoriga yoki oldinga zarb bilan otilmoq» ma’nosi, shirin soʻzining «mazasi yoqimli» ma’nosi nomlovchi ma’nodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |