NUTQ BIRLIGI Til birliklari asosida nutqning oʻzida yuzaga keluvchi birlik.
NUTQ FIGURASI Ifodaning ta’sirchailigini kuchaytirish uchun qoʻllanadigan nutq oʻrami, sintaktik qurilish. Nutq figurasining eng keng tarqalganlari: anafora, antiteza, gradatsiya, inversiya, parallelizm, ritorik soʻroq va b.
NUTQ INTENSIVLIGI Talaffuzning nafas chiqarishning kuchayishi yoki pasayishi bilan bogʻliq boʻlgan kuchli-kuchsizligi.
NUTQ MADANIYATI 1. Filologiya fanining jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrida nutqdan foydalanish jarayonini oʻrganish, kishilar orasidagi aloqa vositasi boʻlgan tildan foydalanish qoidalarini ilmiy asosda belgilash bilan shugʻullanadigan boʻlimi.
2. Ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati.
NUTQ MELODIKASI – q. Nutq ohangi.
NUTQ OHANGI Fraza (jumla)da ovozning ton balandligi boʻylab harakati (koʻtarilishi va tushishi).
NUTQ ORGANLARI – q. Nutq a’zolari.
NUTQ RITMI Urg‘uli va urgusiz, choʻziq va qisqa boʻginlarining birin-ketin kelishi.
NUTQ SHAKLLARI 1. Nutqning tashqi ifoda vositalariga ko‘ra farqlanuvchi turlari: ogʻzaki nutq (q.), yozma nutq (q.).
2. Nutqning adabiy til me’yorlariga amal qilish darajasi bilan farqlanuvchi turlari: kitobiy nutq (q.), so‘zlashuv nutqi (q.).
Do'stlaringiz bilan baham: |