B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet71/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

NOIZCHIL QO‘SHIMCHALAR Soʻz yasalishida biror model, soʻz yasalish tipi (q.) hosil qilmaydigan, bir-ikki soʻz yasalishidagina uchray­digan qo‘shimchalar. Masalan, oʻsimta, koʻrk, ichak kabi soʻzlardapi -ta, -k, -ak qo‘shimchalari.
NOLISONIY OMILLAR Til taraqqiyotiga ta’sir koʻrsatuvchi obyektiv voqe­likka doir (til qonuniyatlaridan tashqari) shart-sharoitlar. Bunday shart-sharoitlarga birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy omillar kpradi.
NOMINALIZATSIYAq. Nomlanish.
NOMINATIV BIRLIKLARq. Nomlovchi birliklar.
NOMINATIV FUNKSIYAq. Nomlash pazifasi.
NOMINATIV MA’NOq. Nomlovchi ma’no.
NOMINATSIYA (lot. nominatio – atash, nom qoʻyish) Tilda nomlash vazifasini bajaruvchi birliklarni (soʻz, soʻz birikmasi kabilarni) hosil qilish.
NOMINATIV GAPq. Nomlovchi gap.
NOMLASH VAZIFASIq. Soʻzning nomlash vazifasi.
NOMLASHISH Transformatsiyaning bir usuli; predikativ sintagmaniig nomlovchi sintagmaga aylantirilishi. Masalan, Akbar keldi. – Akbarning kelishi. Akbar keldi, boshqa odam kelmadi.Akbardan boshqa odam kelmadi.
NORMATIV GRAMMATIKA Soʻz shakllari va sintaktik qurilish mo­del­larining me’yor talablariga javob berishini belgilovchi grammatika.
NUTQIY ALOQA VAZIFASIq. Soʻzning nutqiy aloqa vazifasi, Gapning nutqiy aloqa vazifasi, Tilning nutqiy aloqa vazifasi
NUMERATIVLARq. O‘lchov soʻzlari.
NUQTA Darak gap va tinch ohang bilan aytiladigan undov gap oxirida, shartli qisqartmalarda qoʻllanadigan tinish belgisi (.): Bir zumda osmonni bulut qopladi. (D. Kamol­jonova)
NUQTALI VERGUL Ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan tinish belgisi (;) boʻlib, tarkibi murakkab gap boʻlaklari orasiga, qoʻshma gaplarning mazmunan bir-biriga yaqin boʻlgan qismlari orasiga, raqamlash bilan sanalgan par­cha­lar orasiga qoʻyiladi.
NUTQ A’ZOLARI Nutq tovushlari hosil boʻlishida ishtirok etuvchi a’zo­lar. Nutq tovushlari hosil boʻlishida ishtirok etish darajasiga koʻra nutq a’zolari ikki asosiy turga boʻlinadi: faol nutq a’zolari (q.), nofaol nutq a’zo­lari (q.).
NUTQ APPARATI Nutq a’zolari majmui (lab, tish, til, tanglay, kichik til, og‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i, bo‘g‘iz usti bo‘shlig‘i, o‘pka, bronx­lar, diafragma, bo‘g‘iz, nafas yo‘li).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling