B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet70/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

MUSTAQIL SOʻZ TURKUMLARI Mustaqil soʻzlardan iborat soʻz turkumlari. Bular quyidagi soʻz turkumlaridir: 1) ot (q.); 2) sifat (q.); 3) son (q.); 4) olmosh (q.); 5) fe’l (q.); 6) ravish (q.).
MUSTAQIL SOʻZLAR Lugʻaviy ma’noga ega, nominativ vazifa bajara­digan, ya’ni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlar; mustaqil soʻz tur­kumlariga oid soʻzlar. Masalan, ot, sifat, fe’l kabi turkumga oid odam, daraxt, suv; yaxshi, keng, achchiq; yozmoq, koʻrmoq, soʻramoq kabi soʻzlar mustaqil soʻzlardir.
MUTLAQ INKOR Gap mazmuniga bir butun holda oid boʻlgani inkor. Masalan, yo‘q, men u tomonlarga bormayman deyilganda, yo‘q soʻzi ifodalayotgan inkor gap mazmuniga bir butun holda tegishlidir, -ma qo‘­shim­chasi ifodalayotgan (bormayman) inkor gap bor fe’li bildirgan hara­kat­ning oʻzigagina taalluqlidir.
MUTLAQ SINONIMLAR Ma’nosi, qoʻshimcha ottenkasi va boshqa jihat­lari bir-biriga toʻla teng keluvchi soʻzlar. Bunday sinonimlar tilda juda sanoqli boʻlib, asosan, terminlarda uchraydi: tilshunostilchi, leksi­kografiyalugʻatchilik kabi.
MUTLAQ ZAMON Harakatning nutq paytiga munosabati bevosita ifoda­lanadigan zamon. Masalan, xabar mayli shakllari ifodalaydigan oʻt­gan za­mon, hozirgi zamon va kelasi zamon mutlaq zamondir: aytding, ayt­yap­san, aytasan kabi.
MUZIKAL URGʻUq. Musiqiy urgu.
MILLATLARARO ALOQA TILI Bir davlat (mamlakat) doirasida turli mil­lat vakillari tomonidan aloqa vositasi sifatida foydalaniladigan, mil­lat­lararo aloqa vositasi xizmatini oʻtaydigan til.
MYLLIY TIL Millat boʻlib shakllangan jamoaning umumiy tili.


N


NUTQNING FONETIK BO‘LINISHI Nutqning oʻzaro bogʻliq boʻl­gan fonetik birliklarga ajralishi. Q. Nutqning fonetik birliklari
NOMLOVCHI BIRLIKLAR Nomlash vazifasini bajaruvchi birliklar (soʻz va soʻz birikmasi) – q. Nomlash (atash) vazifasi.
NOMLOVCHI GAP ayn. atov gap.
NUTQ TEMPI (ital. tempoq. Nutq sur’ati.
NATIJA ERGASH GAP Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisaning natijasini, xulosasini bildiruvchi ergash gap: Bu oʻylar shu darajada chuvalib ket­diki, bora-bora u hech birini ravshan tasavvur qilolmay qoldi. (Shuhrat)
NEOLOGIZM (yun. neoz – yangi + 1ogos – soʻz) Yangi narsa, tushun­chalarni ifodalash uchun hosil qilingan, hali odatdagi lugaviy birlikka aylanib ketmagan soʻz yoki iboralar. Masalan, kosmodrom, fazogir soʻzlari kosmosni zabt etishning dastlabki bosqichida neologizm boʻlib, hozir odatdagi soʻzga aylangan.
NEYTRAL LEKSIKAq. Betaraf leksika.
NISBIY SIFAT Predmet belgisini boshqa predmetga nisbatan berib ifodalay­digan sifatlar: devoriy gazeta, kechagi suhbat kabi.
NISBIY SOʻZ ayn. Bogʻlovchi soʻz.
NOFAOL NUTQ A’ZOLARI Tovush hosil boʻlishida asosiy ish bajar­may­di­gan, nofaol qatnashadigan nutq a’zolari. Masalan, tish, qattiq tang­lay, burun boʻshligʻi.
NOFAOL TUZILMA Harakat subyekti toʻldiruvchi orqali, harakat ob­yekti esa ega orqali ifodalangan tuzilma: Bu buyruq rahbar tomonidan imzolangan (no­faol tuzilma) – Bu buyruqni rahbar imzolagan (faol tuzil­ma).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling