B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUTLAQ INKOR
- MYLLIY
- NOMLOVCHI BIRLIKLAR
- NEYTRAL LEKSIKA
MUSTAQIL SOʻZ TURKUMLARI Mustaqil soʻzlardan iborat soʻz turkumlari. Bular quyidagi soʻz turkumlaridir: 1) ot (q.); 2) sifat (q.); 3) son (q.); 4) olmosh (q.); 5) fe’l (q.); 6) ravish (q.).
MUSTAQIL SOʻZLAR Lugʻaviy ma’noga ega, nominativ vazifa bajaradigan, ya’ni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlar; mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar. Masalan, ot, sifat, fe’l kabi turkumga oid odam, daraxt, suv; yaxshi, keng, achchiq; yozmoq, koʻrmoq, soʻramoq kabi soʻzlar mustaqil soʻzlardir. MUTLAQ INKOR Gap mazmuniga bir butun holda oid boʻlgani inkor. Masalan, yo‘q, men u tomonlarga bormayman deyilganda, yo‘q soʻzi ifodalayotgan inkor gap mazmuniga bir butun holda tegishlidir, -ma qo‘shimchasi ifodalayotgan (bormayman) inkor gap bor fe’li bildirgan harakatning oʻzigagina taalluqlidir. MUTLAQ SINONIMLAR Ma’nosi, qoʻshimcha ottenkasi va boshqa jihatlari bir-biriga toʻla teng keluvchi soʻzlar. Bunday sinonimlar tilda juda sanoqli boʻlib, asosan, terminlarda uchraydi: tilshunos – tilchi, leksikografiya – lugʻatchilik kabi. MUTLAQ ZAMON Harakatning nutq paytiga munosabati bevosita ifodalanadigan zamon. Masalan, xabar mayli shakllari ifodalaydigan oʻtgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon mutlaq zamondir: aytding, aytyapsan, aytasan kabi. MUZIKAL URGʻU – q. Musiqiy urgu. MILLATLARARO ALOQA TILI Bir davlat (mamlakat) doirasida turli millat vakillari tomonidan aloqa vositasi sifatida foydalaniladigan, millatlararo aloqa vositasi xizmatini oʻtaydigan til. MYLLIY TIL Millat boʻlib shakllangan jamoaning umumiy tili. NNUTQNING FONETIK BO‘LINISHI Nutqning oʻzaro bogʻliq boʻlgan fonetik birliklarga ajralishi. Q. Nutqning fonetik birliklari NOMLOVCHI BIRLIKLAR Nomlash vazifasini bajaruvchi birliklar (soʻz va soʻz birikmasi) – q. Nomlash (atash) vazifasi. NOMLOVCHI GAP – ayn. atov gap. NUTQ TEMPI (ital. tempo NATIJA ERGASH GAP Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisaning natijasini, xulosasini bildiruvchi ergash gap: Bu oʻylar shu darajada chuvalib ketdiki, bora-bora u hech birini ravshan tasavvur qilolmay qoldi. (Shuhrat) NEOLOGIZM (yun. neoz – yangi + 1ogos – soʻz) Yangi narsa, tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan, hali odatdagi lugaviy birlikka aylanib ketmagan soʻz yoki iboralar. Masalan, kosmodrom, fazogir soʻzlari kosmosni zabt etishning dastlabki bosqichida neologizm boʻlib, hozir odatdagi soʻzga aylangan. NEYTRAL LEKSIKA – q. Betaraf leksika. NISBIY SIFAT Predmet belgisini boshqa predmetga nisbatan berib ifodalaydigan sifatlar: devoriy gazeta, kechagi suhbat kabi. NISBIY SOʻZ – ayn. Bogʻlovchi soʻz. NOFAOL NUTQ A’ZOLARI Tovush hosil boʻlishida asosiy ish bajarmaydigan, nofaol qatnashadigan nutq a’zolari. Masalan, tish, qattiq tanglay, burun boʻshligʻi. NOFAOL TUZILMA Harakat subyekti toʻldiruvchi orqali, harakat obyekti esa ega orqali ifodalangan tuzilma: Bu buyruq rahbar tomonidan imzolangan (nofaol tuzilma) – Bu buyruqni rahbar imzolagan (faol tuzilma). Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling