B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet67/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

MORFOLOGIK ME’YOR Soʻz shakllaridan hozirgi adabiy til qonun-qoida­lariga mos holda foydalanishni belgilovchi me’yor. Masalan, hozirgi adabiy til nuq­tayi nazaridan oladi, oʻrganadi, ishlaydigan shakllarining qoʻllanishi – me’yoriy, ammo olgusi, oʻrgangusi, oʻrganajak, ishlayajak tarzida ishlatilganda, me’yor buzi­ladi (ular arxaik va dialektal shakllardir).
MORFOLOGIK SOʻZ YASALISHIq. Soʻz yasalishining morfolo­gik usuli.
MORFOLOGIK SOʻZ Morfologiyaiing obyekti sifatidagi soʻz.
MORFOLOGIK TAHLIL Soʻzlarning umumkategorial ma’nolarga koʻra (soʻz turkumlari nuqtayi nazaridan) turlarini, soʻzning morfologik tuzilishini, bu tuzilishdagi qismlarning xususiyatlarini (turlari, ma’no va vazifalarini) belgilash.
MORFOLOGIK QAYTA BO‘LINISH Soʻz morfologik tarkibidagi dastlabki boʻlinish chegarasining oʻzgarishi. Masalan, uniki soʻzi aslida u(l) olmoshi, -ning qaratqich kelishigi koʻrsatkichi va tegishlilikii ifoda­lovchi -ki qo‘shimchasidan iborat boʻlgan. Hozirda esa u ikki kompo­nentdan iborat: u-niki.
MORFOLOGIYA (yun. morphe – shakl, logos – ta’limot) 1. So‘zning gram­matik shakli va grammatik ma’nosini o‘rganuvchi o‘rganuvchi til­shunos­lik bo‘limi. Morfologiya sintaksis bilan birgalikda grammatikani tashkil qiladi. O‘zbek tili leksikologiyasi va morfologiyasi.
MORFONOLOGIYA (yun. morphe – shakl+ phone – tovush + 1ogos– ta’­limot) Tilshunoslikning morfologiya bilan fonetikaning aloqalarini oʻr­ga­­­nuvchi boʻlimi; morfemalarning fonologik tuzilishini hamda morfema­larning qoʻshilishi natijasida uning tuzilishida yuz beradigan tovush oʻzga­rishlarini o‘rganuvchi soha.
MOSLASHUV ALOQASI Tobe aloqaning bir turi boʻlib, bunda tobe soʻz oʻz shaklini hokim soʻzning shakliga moslaydi, shu tarzda hokim soʻz­ga bogʻlanadi, hokim soʻzning shakli oʻzgarishi bilan, tobe soʻz ham unga mos holda shaklini oʻzgartiradi. O‘zbek tilida moslashuv asosan qaratqich-qaralmish va ega-kesim aloqasida koʻrinadi: men aytyapman, sen aytyap­san, u aytyapti; mening iltimosim, sening iltimosing kabi.
MUALLIF GAPI Koʻchirma gapli tuzilmalarda muallifning oʻzi aytgan (koʻ­chirma gapdan tashqari) gap: “Illo, bu bebaqo dunyoda faqat haq so‘z boqiy qolur”, – dedi Bobur Mirzo. (X. Sul­­­­­­­tonov) Yormat Yo‘lchiga buyurdi: “Hov yigit, kechagi chopiqni bitirib qo‘­ying!” (Oybek)
MUQOBIL BIRLIK Bir nutq birligiga xos ma’noni ifodalay oladigan, unga xos vazifani bajara oladigan boshqa nutq birligi. Masalan, ogʻzi qulogʻida, ilonning yogʻini yalagan frazeologizmlari xursand, ayyor soʻz­larining muqobillaridir.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling